Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi






1940-yilda “Rus tilshunosligi” (birlamchi nomi) kafedrasi tashkil topgan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.A. Suxoreva kafedra mudiri etib tayinlangan. Kafedrada yuqori malakali mutaxassislar o‘z faoliyatlarini olib borishgan, jumladan: f.f.n., dos. Mordvilko A.P., Danilov P.A., Vayntraub R.M., Serebryanaya F.I., Ryabova Z.A., Xegay M.A.

1963 yilda rus tili va adabiyoti fakulteti institutdan ajralib chiqib, Respublika rus tili va adabiyoti pedagogik instituti tashkil etildi. 1971yili “Rus tilshunoslik” kafedrasi Nizomiy nomli TDPIning filologiya fakulteti tarkibida yana o‘z faoliyatini davom etirdi. Kafedra mudiri lavozimiga p.f.n., dotsent G.M.Axtyamova tayinlandi.

Ushbu yillarda kafedrada f.f.n., dotsent Kudrina V.K., f.f.n., prof. Yakubova X.M., p.f.n., dotsent Shexter A.M., dotsent Isakova A.I., dotsent Zimina Ye.I., dotsent Astaxova N.Yu., dotsent Vradiy A.A., f.f.n., dotsent Z.L.Xakimovalar ishlab kelganlar. G.M.Axtyamovaning nafaqaga chiqqanligi sababli, kafedragaf.f.n., professor X.Ya. Yakubova rahbarlik qildi; 1979 yildan 1985 yilgacha kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor M.X.Toxtaxodjaeva rahbarlik qildilar; 1985-yildan 1997-yilgacha kafedra mudiri bo‘lib filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ye.I.Ovchinnikova o‘z faoliyatini olib bordi; 1997-yildan 2000-yilgacha–filologiya fanlari nomzodi, dotsent Z.L.Xakimova; 2000-yildan 2006-yilgacha – filologiya fanlari nomzodi,dotsent L.G.Solodnikova; Keyingi yillarda kafedraga rahbarlikni bir nechta professor- o‘qituvchilar amalga oshirishgan; pedagogika fanlari nomzodi, dotsent V.Z. Asadova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.V.Shevsova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L.I.Karabayevalar.

2010-yil apreldan 2016-yilning avgust oyigacha filologiya fanlari nomzodi O.J.Latipov kafedraga rahbarlik qilgan.

2016-yilning avgust oyidan kafedra mudiri lavozimiga katta o‘qituvchi M.F.Maxmudova tayinlandi.

2017-yil 28-sentyabrdan “Rus tili va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimiga O.J.Latipov saylandi.

Xozirgi kunda kafedrada yuqori malakali professor – o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.

4 yanvar 2018 yil, 13,334
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering