Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi






2000-yilda “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi tashkil topdi. Bu kafedraga dastlab professor Q.M.Musaev, keyin dotsent Q.Shodmonov va dotsent S. Shamurotovalar rahbarlik qildilar. 2004-2012 yillarda yildan boshlab f.f.n. dotsent G.Ya. Alimova ushbu kafedraga rahbarlik qilgan. 2012-yilda A.D. Abdiyeva, 2013-2016 yillarda p.f.n. Z.R. Abdujabborova, 2016-2017 yillarda M.A.Mirzaaxmedov kafedra mudiri bo‘lgan. Hozirgi paytda O.N.Yusupov kafedra mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedrada 12 ta asosiy shtat mavjud bo‘lib, unda 1 ta dotsent, 5 ta - katta o‘qituvchi, 6 ta - o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Kafedrada 3 ta ta’lim yo‘nalishi: 5111400 - ingliz tili amaliy kursi fani (1-8 semestrlarda), 5111400 - chet tili (ingliz tili) olmon tili va adabiyoti yo‘nalishi (1-6 semestrlarda), barcha yo‘nalishlar uchun – Amaliy xorijiy til (ingliz tili) magistratura yo‘nalishi (3 semestrda), 5111400 - Ingliz tili amaliy kursi, Til aspektlari amaliyoti, O‘qish va yozuv amaliyoti, Nutq malakalari integratsiyasi, Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari fanlari (1-4 semestrlarda) o‘qitiladi.

Kafedrada Ingliz tili amaliy kursi, Ingliz tili amaliy kursi, Til aspektlari amaliyoti, O‘qish va yozuv amaliyoti, Nutq malakalari integratsiyasi, Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari fanlaridan bakalavriat va magistratura uchun namunaviy va ishchi o‘quv dasturlar yaratilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar mazkur me’yoriy hujjatlar asosida o‘z darslarini olib borishadi. Kafedrada o‘qitilayotgan fanlardan o‘quv adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi 3 yil davomida 3 ta darslik, 7 ta elektron darslik, 4 ta o‘quv-metodik qo‘llanma, 6 ta metodik qo‘llanma hamda talabalarni mustaqil ishlashi uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan.

Kafedrada respublika miqyosida turli ilmiy konferensiyalar ham tashkil etib boriladi. Jumladan, 2010 yil 17-18 dekabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ilmiy konferensiyalar rejasiga muvofiq Chet tillar fakultetida Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tomonidan “Chet til o‘qitishda mustaqil ishlar nazariyasi va amaliyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradigan professor – o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Kafedrada korporativ hamkorlik ishlari ham yuqori saviyada tashkil etilgan. Innovatsion korporativ hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida kafedra qoshida innovatsion guruhlar tuzilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy tillar filologiya fakultetining Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariya kafedrasi, Jahon Tillar Universitetining 2-ingliz filologiyasi kafedralari mazkur guruhga jalb etilgan bo‘lib, ular bilan hamkorlik ishlari samarali ravishda olib borilmoqda. Hamkorlik asosida ilmiy tajribalar almashish, til amaliyotini tashkil qilish, metodik qo‘llanma yaratilish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 5- akademik litsey, Toshkent davlat radiotexnika va avtomatika kolleji, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi akademik litseylar bilan ham hamkorlik aloqalari tashkil etilgan.

Kafedrada moddiy texnik bazasi bugungi kun talabalariga javob beradi. Kafedra zamonaviy kompyuterlar va boshqa texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Kafedra bibliotekasida 200 dan ortiq kitoblar, 100 ga yaqin audio – video kasseta va filmlar mavjud

10 yanvar 2018 yil, 12,077
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)