|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


“Talaba qizlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2015 yil 12 noyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 1-sonli talabalar turar joyida “Pedagogika va psixologiya” fakulteti talabalariga universitet xotin qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti bilan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi bilan hamkorlikda “Talaba qizlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda universitet xotin qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti qo‘mitasi raisi X.To‘ychieva, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri M. Qaxxarovalar hozirgi kunda fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquq, erkinliklarini ta’minlash borasida xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar haqida gapirdilar. Yoshlarni turli huquqbuzarlik ko‘chalariga kirib qolishlarining sabablariydalangan holda hayotiy misollar asosida o‘z fikrlarini izohladi.

Kafedra dotsentlari T. Xo‘jamberdiev, X.Xolmirzaevlar ommaviy madaniyat va uning yoshlar tarbiyasiga ta’siri borasida gapirib, uning milliy qadriyatlarimizga ta’siri, zararli oqibatlari haqida ma’lumot berdilar. Bularni oldini olish uchun milliy g‘ururni shakllantirish, yoshlarda g‘oyaviy immunitetni oshirish kerakligini ta’kidladilar.

Katta o‘qituvchi I.Xasanov, E.Yusupova, Sh.Otaqulovlar yoshlar orasida huquqbuzarlik holatlarini yuzaga kelishiga sabab nazoratni yo‘lga qo‘yilmaganligi, ularni turli yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchi turli bayramlar va ularning yoshlar tarbiyasiga ta’siri haqida gapirdilar. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish uchun eng avvalo har bir fuqaro xususan, yoshlar huquqiy bilimlarga ega bo‘lishlari lozimligi, mamlakatimizda istiqomat qiladigan har bir shaxsning qonunni hurmat qilishi lozimligi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar. Davra suhbati juda qiziqarli, jonli, baxs munozaralar aosisda tashkil etildi.

14 noyabr 2015 yil, O`qilgan:2606

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Oliy ta`lim muassasalarida tashkil etiladigan o`quv mashg`ulotlarining asosiy turlari qaysi javobda to`liq ko`rsatilgan?1. Ma`ruza 2.seminar 3. Teatr, muzey, ko`rgazmalarga ekskursiya 4. Amaliy mashg`ulot 5. Laboratoriya mashg`uloti 6. Pedagogik amaliyot 7. Mustaqil ish 8. O`quv va ishlab chiqarish amaliyoti.

    Javob: 1 2 4 5 7

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar