Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusida Oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-nazariy anjuman о‘tkazildi

Ilmiy anjumanda qatnashish uchun ijtimoiy-iqtisodiy yо‘nalishdagi vazirliklar va tashqilotlar xodimlari, bir qator Oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, iqtisodiy faoliyatga qiziquvchi talaba-yoshlar taklif etildilar.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

2013 yil 30 aprel kuni

“Iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqbollari”

mavzusida Oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-nazariy anjuman о‘tkazildi

Ilmiy anjumanda qatnashish uchun ijtimoiy-iqtisodiy yо‘nalishdagi vazirliklar va tashqilotlar xodimlari, bir qator Oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, iqtisodiy faoliyatga qiziquvchi talaba-yoshlar taklif etildilar. Ilmiy-nazariy anjumanda mamlakatimizning taniqli iqtisodchi olimlari, jumladan, “Davlat statistika qо‘mitasi kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi “Axborot kommunikatsion texnologiyalari” kafedrasi” mudiri Akademik S.S.G‘ulomov “Obod turmush – innovatsion iqtisodiyotning poydevori”, TDIU qoshidagi Akademik litsey direktori i.f.d., prof. D.M.Rasulev “Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda ishlab chiqarishni ahamiyati”, Davlat statistika qо‘mitasi Kadrlarni fayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi direktori i.f.d., prof. B.K.G‘oyibnazarov “О‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi: asosiy tendensiyalar va yо‘nalishlar” va Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasining katta о‘qituvchisi G.T.Ibragimova “Iqtisodiy fanlarni о‘qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning о‘rni va ahamiyati” mavzularida ma’ruza qildilar.

Ilmiy anjuman ishi quyidagi shо‘balarda davom ettirildi:

- dolzarb iqtisodiy muammolarni hal etish – taraqqiyot negizi;

- iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning ahamiyati;

- iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi farovonligining о‘sib borishi.

Anjuman materiallari tо‘plam shaklida nashr qilindi.

6 may 2013 yil, 9,483
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering