library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Tashqi kо‘rinishimiz – odobimiz

24 may 2013 yil, 15,788
.

Shu kunlarda О‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qо‘mitasining elektron manziliga kirgan kishi yangi tashabbusning guvohi bо‘ladi. Bu ham bо‘lsa, sharqona hayo va ibo, nafosat va nazokat, or-nomusga yо‘g‘rilgan qadriyatlarimizdan biri – madaniyat va ma’naviyatimizni belgilovchi kiyinish odobiga oid ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatidir.

Shu kunlarda О‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qо‘mitasining elektron manziliga kirgan kishi yangi tashabbusning guvohi bо‘ladi. Bu ham bо‘lsa, sharqona hayo va ibo, nafosat va nazokat, or-nomusga yо‘g‘rilgan qadriyatlarimizdan biri – madaniyat va ma’naviyatimizni belgilovchi kiyinish odobiga oid ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatidir.

15 may kuni universitet anjumanlar zalida О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining о‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi Elmira Erkinovna Basitxanovaning talabalar hamda professor-о‘qituvchilar bilan uchrashuvi ham aynan ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

– Pedagog kadrlar jamiyat dunyoqarashini shakllantiruvchi qatlam hisoblanadi, – dedi uchrashuvda E.Basitxanova. – Shuning uchun ham dolzarb mavzuga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishni bugun pedagog kadrlarni tayyorlovchi tayanch oliy dargohda о‘tkazishga qaror qildik. – Ma’naviy taraqqiyotning asosi milliy qadriyatlarimizdir. Sо‘nggi paytlarda yoshlarimizda G‘arb madaniyatiga intilish kuchayib borayotgani, о‘zbekona hayo, ibo borasida muammolar paydo bо‘layotgani sog‘lom fikrlovchi insonning hech birini tashvishlantirmay qо‘ymasa kerak.

Ilgari bir bolaga yetti qо‘shni ota-ona, degan purma’no iboraga amal qilinib, yoshi kattalar mahalladagi yoshlarning yurish-turishidan xabardor bо‘lar, nojо‘ya qadam bosadigan bо‘lsa, koyishar, tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatib, maslahat berar, ta’bir joiz bо‘lsa, tarbiyalardi. Nima uchun bugunga kelib bu qadriyatlarimiz yо‘qolib bormoqda. Qizlarimiz behayolarcha ochiq-sochiq, kalta va tor kiyimlarni kiyib yursa ham, yigitlarimiz ajnabiy kiyimlarda, soch-soqolini о‘stirib olsa ham beparvo yuraveramiz. Nari borsa, bu yurishni zamonaviylikka yо‘yamiz. Lekin, zamonaviylikka qadriyatlarimiz, or-nomusimiz, iffatimizdan kechib erishish shart emas-ku!. Bu bilan g‘arb madaniyatini qoralash fikridan yiroqmiz, albatta. Hamma gap undan kim, qanday foydalanishida.

Maktabga ilk qadam qо‘ygan bolaning kо‘z о‘ngida о‘qituvchi har tomonlama mukammal shaxs bо‘lib gavdalanadi. U о‘z ustozidan о‘rnak oladi, unga о‘xshashga intiladi. Shunday ekan, jamiyat ma’naviyatini shakllantirish, uning qay darajada taraqqiy etishi birinchi galda yosh avlodni katta hayot sari yetaklovchi ustoz-muallimlarga bog‘liq. Ular faqat ish jarayonida emas, balki kо‘cha-kuyda о‘zini tutishi, muomala madaniyati-yu kiyinish odobi bilan atrofdagilarga о‘rnak bо‘lishi talab etiladi.

Klassik uslubda kiyinish ish faoliyati, о‘qish yoki dars о‘tish uchun juda qulay. Bunday kiyim mashg‘ulot chog‘ida ma’ruzachining ham, tinglovchining ham fikrini chalg‘itmaydi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan talabalar ham kо‘tarilayotgan muammo haqida fikr mulohazalarini bayon etishdi.

– Yoshlarimizda taqlidchilik kasali avj olgan, desak mubolag‘a bо‘lmaydi, – deydi Tarix fakulteti talabasi Omonov Sirojiddin. – Ular kо‘pincha estrada hamda kino yulduzlariga taqlid qiladilar. Ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan badiiy jihatdan sayoz, turli mazmundagi kino va videokliplar ma’naviyatimizning buzilishiga sabab bо‘lmoqda.

Chet tillar fakulteti talabasi Aziza Burxonova shiddat bilan kirib kelayotgan g‘arb madaniyatini cheklash kerak, deya fikr bildirsa, Fizika-matematika fakulteti talabasi Nuriddin Farmonov bunday yо‘l tutish befoydaligi, insonda hamisha ta’qiqlangan narsaga intilish kuchli bо‘lishini ta’kidladi.

Kiyinish odobiga rioya qilish har tomonlama foydali ekani, bunda tarbiya, estetik did shakllanishi bilan birga, talabalar о‘rtasida tabaqalanish yuzaga kelishiga chek qо‘yilishi mumkin, – degan fikrlarni Kasb ta’limi fakulteti talabasi Saodat Javxarova bildirdi.

– Biz bо‘lg‘usi pedagoglarmiz, – dedi Chet tillar fakulteti talabasi Baxtijon Isroilova. – Inson qaysi soha egasi bо‘lishidan qat’i nazar, pedagog unga ta’lim bilan birga tarbiya, madaniyat, estetika, axloq-odobdan saboq beradi. Kiyinish madaniyati esa insonning tashqi qiyofasi, ma’naviy dunyosi, estetik didi, axloqiy sifatlari hamda aqliy salohiyatini ifoda etadigan tushuncha. Demak, bizning tanlagan kasbimizga munosib, pedagogga xos va mos kiyinishimiz muhim ahamiyatga ega. Amaliy kiyimshunoslarning ta’kidlashicha, kiyim tanlashda kо‘pchilik bilan muloqotda bо‘lish, о‘zligini namoyon etish nuqtai nazaridan ham yondashilishi talab etiladi. Axir biz kelajak egalari bilan muloqot qilamiz. Mamlakatimizda madaniy daraja, ma’naviyat, axloq-odobning qay darajada bо‘lishi biz tarbiyalaydigan yoshlarning saviyasiga, ularga ta’lim-tarbiya berayotgan ustozlarga bog‘liq ekanini doimo yodda tutishimiz kerak.

Bahs-munozaralarda shu va shu kabi kо‘plab о‘rinli, zaruriy fikrlar bildirildi.

Filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev о‘zbekona urf-odatlarimizni kelajak avlodga yetkazish hamisha zamonning ziyolilari zimmasida bо‘lganligini ta’kidlar ekan, bugungi davr ziyolilari bizning jamoamiz, biz ta’lim va tarbiya berayotgan talabalarimiz ekanligini aytib о‘tdi. Shunday ekan, eng avvalo siz va biz kiyinish madaniyatini ma’naviyatimizga xos holatda saqlashimiz, ajnabiy kiyimlar о‘rnini sharqona madaniyatga, milliy qadriyatlarimizga mos kо‘rinishga ega bо‘lgan liboslar bilan tо‘ldirish, bu borada boshqalarga о‘rnak bо‘lishimiz lozimligini ta’kidladi.

Pedagogika fanlari doktori, professor Nodira Egamberdiyeva ham muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fikrlarini bildirar ekan, jumladan, shunday dedi:

– Kiyinish odobi, madaniyatini yо‘lga qо‘yish о‘z-о‘zidan gigiyenaga rioya qilish hamdir. Yorqin, kо‘zga tashlanuvchi liboslar yon-atrofdagi insonlarning fikrini chalg‘itish bilan birga insonning kun davomidagi faoliyatiga xalaqit berib, tez charchashiga sabab bо‘ladi. Oq, havorang, ochiq ranglar esa kishini tinchlantirib, ruhiyatini tetiklashtiradi, sog‘lom faoliyat muhitini ta’minlaydi.

– Kiyinish masalasida jamoatchilik fikrini birdaniga о‘zgartirib yuborolmasligimiz aniq, – dedi Elmira Basitxanova. – Bu ishda har bir soha vakillariga saboq beruvchi ustoz-pedagoglarimiz, pedagog bо‘lishni oldiga maqsad qilib oliy о‘quv yurtida tahsil olayotgan talabalar о‘rnak bо‘lishsa, OAVlarida chiqishlar qilinsa, yon-atrofimizdagi insonlarning yurish-turishini tahlil qilib, munosabatimizni bildirishdan tо‘xtamasak, albatta, kо‘zlangan maqsadga erishamiz. Maqsad esa bitta – milliy qadriyatlarimizni, madaniyatimizni saqlab qolish.

Bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda meyoriy talablar ishlab chiqilishi hamda Kasb ta’limi fakulteti Dizayn (Liboslar dizayni) yо‘nalishi о‘qituvchi hamda talabalariga zamonaviy talaba kiyishi mumkin bо‘lgan kiyimlar jamlanmasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Moderator:Nargiza RASULMUHAMEDOVA

24 may 2013 yil, O`qilgan :15788



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar