Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Ijarada yashovchi talabalar xonadoniga tashrif

2015 yil 23 noyabr kuni “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, p/p 402 guruh murabbiysi D.U.Abdullaeva ijarada yashovchi talabalar xonadoniga tashrif buyurdi.

Pedagogika va psixologiya fakultetida guruh murabbiylari tomonidan ijarada va yaqin qarindoshining uyida yashayotgan talabalar bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda, ularning xonadonlarga tashrif uyushtirilib, yashash sharoitlari yaqindan o‘rganilmoqda.

Jumladan P/p 402 guruh murabbiysi D.U.Abdullaeva 2015 yil 23 noyabr kuni ijarada istiqomad qilayotgan 402 guruh talabalari L.Qarshieva, Sh.Qudratovalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ular yashaydigan Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumani O‘rikzor ko‘chasi 1-berk ko‘cha, 9 uy, 6 xonadonga borib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, ular bilan xonalarni ozoda, tartibli saqlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, umumiy ovqatlanish va yuvinish xonalarini toza saqlash, uyning tashqi hovlisi va pod’ezdlarni tozaligiga e’tibor qaratish, kechki 21.00 dan keyin ko‘chada yurmaslik, begona shaxslar bilan muloqot qilmaslik, bo‘sh vaqtni unumli tashkil etish, internet tarmoqlaridan faqatgina ta’limiy maqsadlarda foydalanish lozimligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

24 noyabr 2015 yil, 5,044
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering