Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Nizomiy nomidagi TDPU da “Universiada-2013” sport musobaqasi I-bosqichi to’g’risida

“Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasida I-II-III-IV va magistratura talabalari o’rtasida 12 ta sport turi bo’yicha Toshkent shahar II-etap sport musobaqasida ishtirok etadigan jamoalarning sport mahoratini oshirish maqsadida sport musobaqalari o’tkazildi.






O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari xaqida”gi 1999 yil 27 maydagi 271-sonli qarori ijrosini ta’minlash va universitet talaba yoshlarni ommaviy sportga qiziqtirish va sport mashg’ulotlariga doimiy jalb qilish, sog’lom turmush tarzini takomillashtirish maqsadida Nizomiy nomidagi TDPUda “Universiada-2013” sport musobaqasi “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasida 2012 yil 14 noyabrdan 24 noyabrgacha universitet I-II-III-IV va magistratura talabalari o’rtasida “Universiada-2013” sport musobaqalari dasturiga kiritilgan 12 ta sport turi bo’yicha Toshkent shahar II-etap “Universiada-2013” sport musobaqasida ishtirok etadigan jamoalarning sport mahoratini oshirish hamda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sport musobaqalari o’tkazildi. Bu musobaqada “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan dotsent R.I.Latipov, katta o’qituvchi E.V.Kozlova, o’qituvchi O.A.Farofontova, o’qituvchi A.A.SHamurotov, A.A.Karimov va o’qituvchi D.N.Eshovlar faol ishtirok etishdi.

“Universiada-2013” sport musobaqasi sovrindorlarini “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan faxriy yorliqlar bilan rag’batlantirildi.

O’rinlar

Yigitlar jamoasi

O’rinlar

Qizlar jamoasi

I - o’rin

JM va CHXT

I - o’rin

Fizika va matematika

II -o’rin

Fizika va matematika

II -o’rin

Tabiyot fanlari

III -o’rin

O’zbek tili va adabiyoti

III -o’rin

O’zbek tili va adabiyoti

Sportning 12 turi bo’yicha musobaqalar yakunlariga ko’ra talabalar va jamoalar g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

8 iyun 2013 yil, 11,559
.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)