library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

10 dekabr 2015 yil, 4,037
.

“E’zoz va ehtiromdan baxramand dillar” deb nomlanuvchi bayram tadbiri o‘tkazildi.

“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasidagi tadbirlar hamda 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Kinstitutsiyasining 23 yilligi”, munosabati bilan Chet tillar fakulteti 107-A, 208-A, 209-A guruh talabalari guruh murabbiylari R.Ikromova, M.Toirova, U.E.Xalboeva hamda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ahloqiy tarbiyaviy ishlari bo‘yicha dekan muovini O‘.N.Murodov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi Urush va mehnat va faxriylari uchun respublika pansionatida “E’zoz va ehtiromdan baxramand dillar” deb nomlanuvchi bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda fakultetimiz talabalari o‘zlarining bayram chiqishlarini namoyish etishdi. Mazkur pansionatda istiqomat qiluvchi barcha yoshi ulug‘ otaxon va buvijonlarimizga qo‘shiq, raqs, she’r hamda qiziqarli sahna ko‘rinishlaridan iborat bayram dasturi taqdim etildi.

Ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlovchi chiqishlardan so‘ng bayram tadbiri keksa otaxonlarimiz va buvijonlarimizning sho‘x raqslariga ulanib ketdi.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarining esdalik sovg‘alari balan keksalarimizni yana bir bor qutlashdi.

Shunindek talabalar pansionatda istiqomat qiluvchi ammo betobliklari sababli bayram tadbirida ishtirok eta olmagan keksalarimizni ham yodlaridan chiqarmagan holda ularni bayram bilan qutlashdi hamda ularning oltinga teng duolarini olishdi.

Pansionat rahbatiyati Universitetimiz rektori Sh.S.Sharipov hamda tadbirni tashkil etishda faollik ko‘rsatgan Chet tillar fakulteti talabalariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Pansionat rahbarligi nomidan universitetimiz ma’muriyatiga “Tashakkurnoma” taqdim etildi.

Guruh murabbiysi: U.E.Xalboeva

10 dekabr 2015 yil, O`qilgan:4037



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar