|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


XXI asr – intellektual avlod asri

2013 yil 12-13 iyunü kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “XXI asr – intellektual avlod asri” mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi.

2013 yil 12-13 iyunü kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “XXI asr – intellektual avlod asri” mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 martdagi 57-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi va uning bajarilishini ta’minlash yuzasidan ijro mexanizmi”ning 32-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur konferentsiyada Toshkent shahri va viloyatidagi oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining olim va yosh tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Konferentsiya Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi, O’zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Toshkent davlat pedagogika universiteti hamkorligida o’tkazildi.

Tadbirda mustaqillik yillarida O’zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida kadrlar tayyorlashning milliy modeliga asos solinganligi, bu modelning o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklari dunyodagi qator etakchi ekspertlar va ilmiy markazlar tomonidan e’tirof etilayotganligi yana bir bor ta’kidlandi. Qayd etildiki, mamlakatimiz ta’lim tizimidagi islohotlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Xususan, 2012 yilda oliy malakali ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini takomillashtirishga doir muhim huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Unga asosan O’zbekistonda oliy malakali ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlashning mutlaqo yangicha va o’ziga xos tizimiga asos solinmoqda.

Ilmiy-amaliy konferentsiyada 3 yo’nalishda – ijtimoiy-gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar yo’nalishidagi sektsiyalar ish olib bordi. Ularda 150 dan ortiq tadqiqotchilar o’z ilmiy tavsiyalari va takliflari bilan qatnashdi.

Ishtirokchilar o’z chiqishlarida O’zbekistonda ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar yoshlarning intellekal salohiyatini yuzaga chiqarish, barkamol avlodni tarbiyalash va yosh fuqarolarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etishga xizmat qilayotganligini ta’kidlashdi.

Konferentsiya davomida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni yanada chuqurlashtirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, pedagogik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish bo’yicha amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi. SHuningdek, yoshlarning axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o’zlashtirishi va chet tillarini o’rganishini faollashtirishga doir zamonaviy metodlar va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish yuzasidan o’zaro fikr almashildi.

Ilmiy anjuman yakunida ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari asosida konferentsiya tavsiyalari qabul qilindi. SHuningdek, eng yaxshi ilmiy maqolalar mualliflari aniqlanib, ularga tashkilotchilarning esdalik sovg’alari topshirildi va konferentsiya ishtirokchilarining ilmiy maqolalari ilmiy to’plam shaklida chop etildi.

15 iyun 2013 yil, O`qilgan:14641

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • XXI asr – intellektual avlod asri



  • Pedagogikadan savol

    Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.

    Javob: O`qituvchining o`z nutqini boshqara olish qobiliyati bilan bog`liq ko`nikmalar, savodli va ifodali gapirishi, bilimi va fikrini tushunarli yetkaza olishi.

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar