Foydali manbalar













OTM web-reytingi

G`alaba muborak!

Sog’lom xalq, sog’lom millatning kelajagi buyuk, sog’lom avlod buyuk ishlarni qilishga qodir bo’ladi. YUrtimizda o’tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport musobaqalarining zamirida ham ana shunday ma’no mujassam.






“Universiada - 2013”

G’ALABA MUBORAK

Sog’lom xalq, sog’lom millatning kelajagi buyuk, sog’lom avlod buyuk ishlarni qilishga qodir bo’ladi. YUrtimizda o’tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport musobaqalarining zamirida ham ana shunday ma’no mujassam. Har cafar ulkan shodiyona, katta sport bayramiga aylanadigan “Universiada ” sport musobaqalari, shubhasiz, har bir yigit-qiz qalbida Vatanga muhabbat, g’ayrat-shijoat, tuyg’ularini uyg’otadi.

Universitetimizda ham bu bayram katta tayyorgarlik va ko’tarinki ruxda o’tkazib kelinadi.”Universiada - 2013” sport musobaqalarining saralash bosqichida Stol tennisi yakka birinchiligida ishtirok etib yuqori natijani qo’lga kiritgan Boshlang’ich ta’lim fakulьteti Boshlang’ich ta’lim, sport va taribiyaviy ish ta’lim yo’nalishi 206-gurux talabasi Evgeniy Grudskiy hamda Fizika-matematika fakulьteti Fizika-astranomiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 104-guruh talabasi Olьga Senenkova voleybol bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda chiroyli o’yin va yaxshi natijalarni ko’rsatishgandi.Universitet g’oliblari shahrimiz sportchilari nomidan O’zDJTI jamoasi bilan Buxoro shahriga yo’l olishgan edi.

Sportni sevimli mashg’ulotiga aylantirgan, qolaversa zimmasidagi katta mas’uliyatni chuqur xis qilgan har ikki talabamiz o’z yo’nalishlari bo’yicha yaxshi o’yin ko’rsatishga harakat qilishdi. Harakatda baraka, deganlaridek, natija yomon bo’lgani yo’q. Olьga hamda Evgeniy a’zo bo’lgan jamoa vakillari musobaqada birinchilikni qo’lga kiritishdi.

- Musobaqada ishtirok etish uchun kelgan kuchli jamoalar ko’p edi. Har bir bellashuv shiddatli o’yinlarga boy bo’ldi. Tinimsiz qilingan mashqlar, harakatlarimiz zoe ketmadi. G’alabani qo’lga kiritishda xissamiz borligidan faxrlanamiz,- deydi biz bilan suhbatda Olьga Senenkova,

G’oliblarni yuqori natijalar bilan qutlab, ularga yangi zafarlar tilaymiz.

Ravshan LATIPOV, Fakulьtetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri

15 iyun 2013 yil, 17,734
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)