library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

12 dekabr 2015 yil, 3,277
.

“Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida intellektual bellashuv tashkil etildi

Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Psixologiya” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida intellektual bellashuv tashkil etildi

2015 yilning 10 dekabr kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.I.Xalilova, D.U.Abdullaeva, N.Z.Ismoilova, N.B.Atabaevalar tomonidan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirning birinchi qismida “Huquq fanlari” kafedrasi dotsenti N.F.Saydalixodjaeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va unga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berildi. Intellektual bellashuvda ps.f.n., dotsent N.G.Kamilova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini N.M.Ramazanova, “Amaliy psixologiya” kafedrasi mudiri S.X.Jalilovalar hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etdilar. “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda fakultetning 1-kurs talabalari quyidagi shartlar asosida o‘z chiqishlarini namoyish etdilar: 1-shartda “Parlament” va “Advokatlar” jamoalarini shiori, emblemalarini tanishtirishga oid chiqishlari namoyish etildi, 2-shartda talabalarning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”ga oid savodxonligi aniqlandi, 3-shartda esa talabalar “Yoshlar orasidagi huquqbuzarlikni oldini olish” mavzusidagi sahna ko‘rinishlarini tamoshabinlarga taqdim etdilar. Talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga va yoshlar orasidagi huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan intellektual bellashuv do‘stlik g‘alabasi bilan yakunlandi va ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi.

12 dekabr 2015 yil, O`qilgan:3277



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar