|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Universitet tarixi

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 1935 yil 14 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qaroriga binoan O'rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakulteti zaminida tashkil etilgan.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 1935 yil 14 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qaroriga binoan O'rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakulteti zaminida tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevralidagi 77-sonli qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, u respublikadagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun pedagogik kadrlar - fan o'qituvchilari tayyorlaydigan yetakchi tayanch oliy o'quv yurti deb belgilandi.

Universitetda xorijiy (Janubiy Koreya) va MDH (Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston) mamlakatlaridan ham talabalar tahsil olishmoqda.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Respublikamizdagi eng salohiyatli va salmoqli oliy o'quv yurtlaridan biridir. Uning umumiy maydoni 77074,25 m2, shu jumladan o'quv maydoni 24694 m2ni tashkil etadi. Universitetning 11 ta fakultetida 66 nafardan ortiq fan doktorlari, professorlar hamda akademiklar, 225 nafardan ortiq fan nomzodlari, dotsentlar, 400 dan ortiq o'qituvchilar talaba va magistrantlarga fanlar asoslaridan tahsil bermoqdalar. Universitetda 7 ta o'quv bino, 8 ta talabalar uyi mavjud. Toshkent viloyati Xumson qishlog'ida joylashgan o'quv dala amaliyoti va sog'lomlashtirish bazasi (maydoni 6,5 ga) hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlog'ida joylashgan agrobiostansiyalar (maydoni 13,5 ga) talabalar va professor-o'qituvchilar xizmatida.

20 iyun 2013 yil, O`qilgan:16767

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Universitet tarixi



  • Pedagogikadan savol

    Tushunish real borliqdagi ......

    Javob: Ob`ektiv jarayon va faoliyatlarni to`g`ri va to`la inson ongida ifodalanishidir

So`nggi yangiliklar

28 aprel 2017 yil Xizmat beminnat
28 aprel 2017 yil Jannatga yol
28 aprel 2017 yil Sumalak sayli
28 aprel 2017 yil 2017 26 ,
28 aprel 2017 yil - :

Foydali manbalar









Bizning loyihalar