Foydali manbalar













OTM web-reytingi

«Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi -2015» Respublika tanlovi yakunlandi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatri binosida universitetimizning jonkuyar professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 9 ta nomdagi o‘quv adabiyoti mualliflar jamoasi tanlov g‘oliblari degan faxrli o‘rinlarni egallashga sazovor bo‘ldilar.






O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasining 2015 yil 12 oktyabrdagi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovi yakunlari to‘g‘risidagi 38/47/29- sonli qo‘shma qaroriga muvofiq  joriy yilning 27 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatri binosida universitetimizning jonkuyar professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 9 ta nomdagi o‘quv adabiyoti mualliflar jamoasi tanlov g‘oliblari degan faxrli o‘rinlarni egallashga sazovor bo‘ldilar.

Faxriy ustozlar N.Muslimov Sh.Sharipov O.Qo‘ysinovlar tomonidan Mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash» nomli darslik Respublika tanlovi bosqichida birinchi o‘rinni egalladi. Tarix fakultetining professor-o‘qituvchilari X.To‘ychieva N.Akaeva Sh.Avazova P.Sa’dullaevlarning  “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va xuquq ta’limi” yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan «Oila xuquqi» elektron darsligi, Fizika matematika fakulteti dotsenti L.M.Nabiulinaning TATU  professori F.Zokirova bilan xammualliflikda “Informatika  o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Sovremennыe yazыki programmirovaniya: laboratornыe rabotы» nomli o‘quv qo‘llanmasi, hamda O‘zbek tili fakultetining professor-o‘qituvchilari R.Niyozmetova, J.Samigova, M.Mirmaxsudovalarning akademiy litsey va kasb xunar kollejlarining rus guruxlari  o‘quvchilari uchun «O‘zbek tili (1,2,3 kitob)» nomli o‘quv qo‘llanmasi faxrli 2-o‘ringa loyiq deb topildi. Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari M.Mamarajabov, S.Tursunovlarning  «Kompyuter grafikasi  va WEB dizayn» darsligi,  Fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti B.Sattarova tomonidan  tayyorlangan «Astranomiya» o‘quv qo‘llanmasi, Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari P.Mirxamidova, G.Tursunboevalar tomonidan Biologiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari» darsligi faxrli 3- o‘rinni egalladi. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetidan B.Abdullaeva M.Toshpo‘latova A.Sadiqova Yu.Jabborova N.Muxiddinovalar tomonidan tavsiya etilgan  «Matematika 1-sinf» darsligi faxrli rag‘batlantiruvchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

O‘qituvchi, ustoz, murabbiy. Chuqur mazmun, yuksak iftixor, cheksiz hurmat tuyg‘usini o‘zida mujassam etgan ulug‘ mo‘tabar kishilarning, ilg‘or mustaqil diyorimiz murabbiylarini yana bir bor barchangizga mukofotlar muborak bo‘lsin deymiz. Kirib kelayotgan yangi yil universitetimiz jamoasiga, qolaversa, butun O‘zbekiston xalqiga mangu tinchlik va osoyishtalik olib kelsin. O‘qituvchilik faoliyatlariga ulkan zafarlar olib kelsin.

 Nizomiy nomidagi TDPU

O‘quv uslubiy boshqarma  metodisti

                                                                                   D.Muxamedjanova

 

 

18 dekabr 2017 yil, 3,333
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering