Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Unversiteti “Kamolot” YIH “Quvnoqlar va Zukkolar” ko`rik tanlovining final bosqichi o`tkazildi

2015-yil 16-dekabr Yakkasaroy tuman hokimiyati anjumanlar zalida Nizomiy nomidagi TDPU talaba yoshlari ishtirokida fakultetlararo “Quvnoqlar va Zukkolar” ko`rik tanlovining final bosqichi bo`lib o`tdi Final o`yinida Nizomiy nomidagi TDPU ning BT va JT fakulteti “101%” kulgu jamaosi Tarix fakulteti “O`g`lonlar” jamaosi hamda Pedagogika va Psixologiya fakultetining “Intellekt” jamaolari bellashdilar
“Quvnoqlar va Zukkolar ” ko`rik tanlovini final bosqichini Unversitet ma`naviy marifiy ishlar prorektor O.A.Qo`ysinov ochib berdi “Kamolot” YIH BT yetakchisi R.Raxmonov so`zga chiqib final bosqichining shartlarini xakamlar xay`ati va yig`ilganlarga tanishtirib o`tdi

“Quvnoqlar va Zukkolar” ko`rik tanlovi 5ta shart asosida bo`lib o`tdi “Quvnoqlar va Zukkolar” ko`rik tanlovining final bosqichida “Pedagogika va Psixologiya ” fakultetining “intellekt” jamaosi g`olib boldi. Tadbir talaba yoshlarga a`lo kayfiyat, ko`tarinki ruh bag`ishladi. Maskur tadbir talabalarda kelajakka ishonch o`z qobiliyatlarini rivojlantirish, vatanga va xalqiga munosib farzand bo`lish kabi xislatlarni tarbiyaladi.

Intellektual salohiyatga ega bo`lish uchun ilm cho`qqilarini zabt etish va kelajakda yangi yangi marralarni egallashga undaydi

Jamoalar xakamlar xay`ati tomonidan quyidagicha baxolandilar

Tarix fakultetining “O`g`lonlar” jamoasi 55 ball bilan 3 o`rinni egallashdi

BT va JT fakultetining “101%” kulgu jamoasi 67 ball bilan 2 o`rinni egallashdi

Pedagogika va Psixologya fakultetining “intellekt” jamoasi 71 ball Unversitet “Kamolot” YIH “Quvnoqlar va Zukkolar” ko`rik tanlovi g`olibi kubugini qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lishdi

Tomashabin talabalar “QvZ” da ishtirok etgan talaba yoshlarga xavas bilan qarab, shunday tadbirlarning kelgusida ko`proq tashkil etilishini istab qolishdi

21 dekabr 2015 yil, 3,152
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering