library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

2 iyun 2017 yil, 12,279
Yuzlikayeva E.R.

“Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Umumiy psixologiya” kafedrasi 1941 yil O‘rta Osiyodagi birinchi mustaqil psixologiya kafedrasi sifatida tashkil etilgan.

Kafedraga 1941-1968 yillarda professor Platon Ivanovich Ivanov rahbarlik qilib kelgan. Bu davrda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan psixologiya fanidan o‘zbek tilidagi ilk o‘quv adabiyotlari tayyorlanib nashr etilgan. 1968-2001 yillarda kafedraga O‘rta Osiyoda mahalliy xalq vakillari orasidan yetishib chiqqan birinchi psixologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Muxammad Gabdulgalimovich Davletshin rahbarlik qilgan.

Keyingi davrlarda kafedra mudirlari lavozimida dotsent A.Z.Gaffarov, professor Z.T.Nishanova, professor R.I.Sunnatova, dotsent Sh.A.Dusmuxamedova faoliyat ko‘rsatib keldilar. Hozirda kafedraga psixologiya fanlari doktori Nuriddin Salixovich Safaev rahbarlik qilmoqdalar. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan bakalavriatda bosqichida “Umumiy psixologiya”, “Kasbiy psixologiya”, “Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik”, magistratura bosqichida “Psixologiya” (faoliyat turlari bo‘yicha) fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 2016-2017 o‘quv yilida kafedrada ... nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

«Pedagogika va umumiy psixologiya» kafedrasi

So‘nggi yillarda kafedrada o‘qitiladigan fanlarda o‘quv adabiyotlari yangi avlodi yaratildi. Jumladan, 2011 yilda Z.Nishanova, Sh.Dustmuxamedova, Sh.T.Alimbaevaning “Pedagogik psixologiya” o‘quv qo‘llanma, 2012 yilda A.X.Yugay, N.A.Mirashirovalarning “Obщaya psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi, 2013 yilda Sh.A.Dustmuxamedova, Z.T.Nishanova, Sh.T.Alimbaeva, S.J.Jalilova, Sh.K.Karimovalarning “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” darslik, 2013 yilda N.S.Safaev, N.G.Odilova, N.A.Mirashirovalarning “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanma, 2013 yilda Z.Nishanova, M.B.Djumabaeva, G.Yu.Baykunusovalarning “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” qozoq tilidagi o‘quv qo‘llanmalarini keltirish mumkin.

Kafedrada so‘nggi yillarda byudjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha davlat grantlarida faol ishlar olib borildi. Jumladan, 2011-13 yillarda “Talabalarda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning uslubiy asoslarini psixologik texnologiyalar yordamida takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi (rahbar: P.S.Ergashev), 2011-14 yillarda “Kichik maktab yoshidagi bolalarda tortinchoqlik psixokorreksiyasi” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi (rahbar: Sh.A.Dustmuxamedova), 2014-16 yillarda “Yoshlarda atrof olamdagi tartib va tarkibiy tuzilish mukammalligini his etish qobiliyatini rivojlantirishning nazariy hamda amaliy imkoniyatlarini tadqiq qilish” ilmiy-tadqiqot loyihasi (rahbar: P.Ergashev) bo‘yicha kafedra a’zolari faoliyat yuritishdi.

Psixologik xizmat faoliyatlaridan lavxalar:

Kafedra professor-o‘qiutvchilaridan N.A.Mirashirova Nizomiy nomidagi Toshkent

Davlat Pedagogika Universitetining“Umumiy psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchi v/b dotsent lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Shu kungacha “Bolalar bog‘chasida psixologik xizmat va maslaxat” nomli ma’ruzalar matni, “Pedagogik amaliyot uchun psixologiya fanidan metodik tavsiyalar” nomli metodik qo‘llanma, “Obщaya psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma, “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” nomli darslik, “Kasb etikasi va kommunikatsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma , “Umumiy psixologiya” nomli uslubiy metodik qo‘llanma hamda “Ijtimoiy hulq atvor psixologiyaci”, “Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi”,

“Shaxs psixologiyaning ob’ekti sifatida”, “Intelekt va kreativlik”, “Sezgi va sezuvchanlik” nomli metodik qo‘llanmalari chop etilgan.

Shuningdek, 5ta xalqaro maqola va OAK tasarrufidagi respublika ilmiy

jurnallarida 13 ta maqola hamda bir qancha xalqaro va respublika ilmiy-

amaliy anjumanlarda o‘zining ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. 19.00.06- YOsh va pedagogik psixologiya. rivojlanish psixologiyasi yo‘nalishida “Oliy ta’lim tizimida shaxs kasbiy sifatlar shakllanishining psixologik jixatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.

Kafedra o‘qituvchisi Raximova Indira Igorevna shu kungacha 6ta xalqaro maqola

va OAK tasarrufidagi respublika ilmiy jurnallarida 11 ta maqola hamda bir qancha xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘zining ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Raximova Indira Igorevna 19.00.06- YOsh va pedagogik psixologiya. rivojlanish psixologiyasi yo‘nalishida “Kompyuter o‘yinlariga tobeliklikning psixologik xususiyatlari” mavzusida o‘zining ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. 2016 yil “Kompyuter uyinlariga tobelik: psixologik omillar va qonuniyatlar” nomlmi monografiyasi chop etilgan.

Kafedra o‘qituvchisi Ziyavitdinova Gulnora Ziyautdinovna ushbu kafedrada 2012 yildan boshlab o‘qituvchi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘z faoliyati davomida 6ta xalqaro maqola va OAK tasarrufidagi respublika ilmiy jurnallarida 7ta maqola hamda bir qancha xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zining ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqda.

Ziyavitdinova Gulnora Ziyautdinovna OAK ning Byulletenining 2013 yil 2 sonida e’lon qilingan 19.00.06- YOsh va pedagogik psixologiya. rivojlanish psixologiyasi yo‘nalishida “O‘quvchilarda irodaviy sifatlar rivojlanishining psixologik xususiyatlari”

mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.

Ergashev Po‘lat Sobirovich, psixologiya fanlari nomzodi (2009), dotsent (2012). 1981 yil tavallud topgan. 2003 yilda Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakultetini, 2005 yil “Psixologiya” yo‘nalishi magistratura bo‘limini, 2009 yil umumiy psixologiya, shaxs psixologiyasi va psixologiya tarixi ixtisosligi bo‘yicha aspiranturani, 2017 yil psixologiya tarixi va nazariyasi, umumiy psixologiya, shaxs psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini tamomlagan. 2007 yilda Moskva davlat universiteti psixologiya fakultetida malaka oshirgan. 2008 yil professor M.G.Davletshin rahbarligida “Rol lichnostnыx osobennostey sub’ekta vospriyatiya v prodoljitelnosti pervogo vpechatleniya o drugom cheloveke” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 130 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Ilmiy qiziqishlari muloqotda odamning odam tomonidan idrok qilinishi, psixologiya tarixi, shaxs hissiy-emotsional sohasining xususiyatlari, psixologiya fanlarini o‘qitishning ilmiy uslubiy asoslarini o‘rganish bilan bog‘liq.

“Pedagogika” kafedrasi 1999 yilda tashkil etilgan bо‘lib, 2011 yilda “Pedagogika va pedagogik texnologiyalar” nomi bilan faoliyat kо‘rsatgan. 2012 yildan yana “Pedagogika” kafedrasi deb nomlanib kelinmoqda.

Istiqboldagi maqsadlar: Oliy ta’lim tizimi jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarini joriy qilishda xorij tajribasini о‘rganish va ommalashtirish.

2016-17 o‘quv yilida “Pedagogika” kafedrasida jami 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, 1 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodlari, 6 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedraninng ilmiy salohiyati 50%ni tashkil etadi.

Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga pedagogika nazariyasi va tarixi, ijtimoiy pedagogika, oila pedagogikasi, ijtimoiy ish asoslari, pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi, xalq pedagogikasi. Qiyosiy pedagogika, pedagogik mahorat, neyropedagogika, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya, pedagogik aksiologiya, pedagogik innovatika kabi fanlar o‘qitilmoqda.

Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi, jahon ta’lim tizimi, pedagogik antropologiya, maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi fanlar o‘qitiladi.

Kafedra o‘z faoliyatini tasdiqlangan yillik ish reja asosida tashkil qilib kelmoqda. Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Vazirlik hay’ati Qarorlari, buyruqlari va modemlaridagi vazifalar, OAV lari va gazeta, jurnallarda berilgan axborot hamda ma’lumotlar bilan bevosita kafedra professor-o‘qituvchilarini tanishtirib va ijrosini nazorat qilib kelinmoqda.

Kafedrada o‘quv jarayonida ta’lim-tarbiyaning tashkil qilinganlik holati. 2016-17 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida o‘qitilayotgan barcha fanlardan fan dasturlariga binoan ishchi fan dasturlari tayyorlangan va tasdiqlangan. Ishchi fan dasturlari asosida kalendar tematik rejasi tuzilgan. Professor-o‘qituvchilar mazkur me’yoriy xujjatlar bilan ta’minlangan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarining ustivor yo‘nalishlari pedagogikaning nazariy-metodologik muammolarini tadqiq etish hamda innovatsiyalarni tadbiq etish asosida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish muammolarini tadqiq etish.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot mavzulari ilmiy seminarda muhokama qilinib, ushbu mavzulari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borishlari nazorat qilinib kelinmoqda.

Professor-o‘qituvchilarning F.I.Sh

Ilmiy-tadqiqot mavzusi

Ilmiy maslahatchisi

1.

Muxsieva A.Sh.

Modernizatsiyalashayotgan jamiyatda o‘quvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik tizimi.

M. Quronov ped.f.d., prof

2.

Mutalipova M.

Barkamol shaxs tarbiyasida xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish.

M. Quronov ped.f.d., prof

3.

Umarova M.X.

Barkamol shaxsni shakllantirishda  ekologik  madaniyat: nazariya va amaliyot

Avezov Sh.,

P.f.n., prof.

4.

Axmedova M.T.

Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish: nazariyasi va amaliyoti

O.Musurmonova

 ped.f.d., prof.

5.

G‘ulomov J.R.

“Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quvchilarining neyropedagogik xususiyatlariga asoslangan ta’lim texnologiyalarining metodik tizimi

Xodjaev B.X.

 ped.f.d., dos.

6.

Salieva Z.T.

Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish

Egamberdieva.N.M. ped.f.d., prof.

7.

Nurmatova I.T.

O‘quvchilarda vatanparvarlik va  millatlararo muloqot  madaniyatini  shakllantirish

Egamberdieva N. M. ped.f.d., prof.

8.

Mardieva G.Q.

Oliy ta’lim muassasasi birinchi kurs talabalarini ijtimoiy moslashtirish texnologiyasi

Egamberdieva N.M. ped.f.d., prof.

9.

Umrixina V.I.

Pedagogicheskaya usloviya formirovaniya u molodyoji interesa k semeynoy jizni.Egamberdieva N. M., ped.f.d., prof.

10.

Shayzakova N.S.

Pedagogika kolleji o‘quvchilarining mustaqil fikrlashini rivojlantirishda vertual muzey imkoniyatlaridan foydalanish.

Xodjaev B.X.

 ped.f.d., dos.

11

Abidjanova M.A.

Pedagogik fasilitatsiya asosida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o‘tkazish (pedagogika kollejlari misolida)

Egamberdieva.N.M. ped.f.d., prof.

Kafedrada ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha malaka oshirish – reja asosida TDPU huzuridagi tarmoq markazida amalga oshirilmoqda va malaka oshirganlarning monitoringi olib borilmoqda. Tarmoq markazida professor-o‘qituvchilardan 2016 yilda M.Mutalipova, M. Axmedovalar malaka oshirib setifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Tajriba orttirish - pedagog kadrlarni tegishli tarmoqlarida fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish, fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari mazmunining uzluksiz takomillashtirilishini ta’minlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion xamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Pedagogika” kafedrasi T.N.Kori Niyoziy nomidagi O‘PFITI bilan innovatsion-korporativ hamkorlik yuzasidan shartnoma tuzilgan. Keltirilgan tartib asosida kafedrada tasdiqlangan shakllar bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma tuzilgan.

Ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish pedagoglarni fanning zamonaviy yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, ilmiy tajribalarni oldinga qo‘yishning samarali metodlari bilan tanishtirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, hamkorlik o‘rnatilgan muassasalar vakillari va turdosh OTM lardan ham ma’ruzachilar jalb etish, yangi o‘quv adabiyotlari (darslik yoki o‘quv qo‘llanma) yaratish zamonaviy pedagogik axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish, pedagoglarning kasbiy faoliyati, yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lgan yirik ilmiy ishni (monografiya, dissertatsiya va hokazolarni) tugallash maqsadini ko‘zlaydi.

Kafedrada umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi va akademik litseylar bilan hamkorligi bo‘yicha J. G‘ulomov Qibray tumani energetika KHKda “Xayot faoliyati xavfsizligi” fanidan Yunusobod tumanidagi 247-umumiy o‘rta ta’lim maktabida I. Nurmatova musiqa fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.

Pedagogika” kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul M.T.Axmedova 2016-2017 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida faoliyatini tashkil etib kelmoqda. Fakultet tassarufidagi akadem guruh murabbiylari bilan reja asosida akadem guruh murabbiylari va mikroguruh rahbarlari Z.T.Salieva, G.Q.Mardieva(101-gr.), M.T.Axmedova, M.A.Abidjanova(201-gr.), M.J.Mutalipova, N.S.Shayzakova(202-gr.), J.G‘ulomov (203-gr), M.X.Umarova, A.Sh. Muxsieva(402-gr.)lar o‘z guruhlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib bormoqdalar.

Kafedrada “Ustoz shogird” tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan, 2015 yilda pedagogika fanlari nomzodi M. Umarova rahbarligida Pedagogika fani bo‘qicha Respublika fan olimpiadasida pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi L. Qarshieva 2-o‘rinni egallagan, 2016 yilda pedagogika fanlar doktori, professor N.M. Egamberdieva rahbarligida pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi D. Mirvosilova Termiz Davlat universitetida bo‘lib o‘tgan pedagogika fan olimpiadasi Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan.

2 iyun 2017 yil, O`qilgan:12279



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

Respublika fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda

15 may 2017 yil

2017 yil 15-16 may kunlari “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi tomonidan “Pedagogika” fani bo‘yicha
Respublika fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda

9-may “Xotira va qadrlash kuni"

10 may 2017 yil

“Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “9-may Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlarda faol ishtirok etdilar

“Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasiga ma’naviy ta’siri”

5 may 2017 yil

10-Talabalar turar joyida ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha “Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasiga ma’naviy ta’siri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

“Социально-профессиональное самоопределение личности обучающегося: теория и технология”

28 aprel 2017 yil

2017 yil 25-aprelda O’zbekiston Respublikasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi hamkorlikda Belgorod viloyati ta’lim departamenti, Rossiya ta’lim akademiyasi, Belgorod ta’limni rivojlantirish instituti, Belgorodv davlat milliy tadqiqotchilik Universiteti, Rossiya Federatsiya pedagogika institutining “Pedagogika” kafedrasi bilan onlayn ilmiy amaliy xalqaro konferensiyasini o’tkazdilar.

Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi hamkorligida Chilonzor pedagogika kollejida ota-onalar majlisi bo'lib o'tdi.

5 aprel 2017 yil

Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi oqituvchilari 29.03.2017 yilda Chilonzor pedagogika kolleji va Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi hamkorligida kollejning ota-onalar majlisida ishtirok etishdi.

“Qizlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash” mavzusida suhbat o‘tkazildi.

5 aprel 2017 yil

“Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari 04.04.2017yilda “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat” fakulteti “Qizlar sporti” yo‘nalishi talabalari bilan “Qizlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash” mavzusida suhbat o‘tkazildi.

Akademik litseyning pedagogik jamoasi bilan davra suhbati olib borildi.

22 fevral 2017 yil

“Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari 21.02.2017yilda Toshkent davlat yuridik instituti qoshidagi akademik litseyning pedagogik jamoasi bilan davra suhbati olib borildi.

Malakaviy pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi tashkil etildi.

10 fevral 2017 yil

“Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi dotsenti, p.f.n. M.T.Axmedova va Toshkent pedagogika kollejining “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Z.Sh.Qodirovalar amaliyotchi talabalar bilan.

“Pedagogika va umumiy psixologiya”
kafedrasi dotsenti, p.f.n. M.T.Axmedova

Malakaviy pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi tashkil etildi.

10 fevral 2017 yil

“Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi dotsenti, p.f.n. M.T.Axmedova va Toshkent pedagogika kollejining “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Z.Sh.Qodirovalar amaliyotchi talabalar bilan.

“Pedagogika va umumiy psixologiya”
kafedrasi dotsenti, p.f.n. M.T.Axmedova

Nizomiy nomidagi TDPU  Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakulteti, Pedagogika kafedrasida 2016-2017 o‘quv yilining 1-yarim yilligi davomida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik faoliyati bo‘yicha

HISOBOT

 

14 yanvar 2017 yil

1. Pedagogika kafedrasi bo‘yicha joriy o‘quv yilida 3ta pedagogika kollejlari bilan filial shartnomasi tuzilgan. Chilonzor pedagogika kolleji bo‘yicha p.f.n. Z.T.Salieva, Toshkent pedagogika kolleji bo‘yicha p.f.n., dotsent M.T.Axmedova, Toshkent viloyati pedagogika kollej bo‘yicha p.f.n., dotsent v.b. M.X.Umarovalar mas’ul etib tayinlandilar. Bu kollejlar bilan shartnoma asosida filial rejasi tuzilgan, tasdiqlangan va rejaga ko‘ra ish olib borilmoqda.

Ilmiy faoliyat

27 yanvar 2014 yil

Barcha professor-о‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etilgan bо‘lib, “Oliy ta’lim muassasasi birinchi kurs talabalarini ijtimoiy moslashtirish texnolologiyasi”, “Bо‘lajak ijtimoiy ish xodimlarida muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlarini shakllantirish texnologiyasi”, “Virtual muzeylar vositasida umumta’lim maktabi о‘quvchilarining mustaqil fikrlashini shakllantirish texnologiyasi” kabi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan faoliyat olib borishmoqda.


Bizning loyihalar

        

Safayev Nuriddin Salixovich
Kafedra mudiri
психология фанлари доктори