Foydali manbalar













OTM web-reytingi



Pedagogika va umumiy psixologiya

Saliyeva
Zuxra
Taxirovna

Kafedra mudiri
Fan doktori
Pedagogika fanlari doktori
Saliуeva Zuhra Taxirovna 01.03.1983yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mazkur kafedrada 2007 yildan beri o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgan. 2018yildan kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Rus va ingliz tillarini erkin egallagan. "Ijtimoiy pedagogika", "Pedagogika nazariyasi va tarixi", "Pedagogik texnologiya" va "Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi" fanlaridan dars beradi. 2005 yilda Guliston davlat universiteti, Pedagogika fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim va chet tili yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2007 yilda Nizomiy nomidagi TDPU ning magistratura bosqichi, Pedagogika yo‘nalishini imtiyozli tugatgan. 2010 yilda Nizomiy nomidagi TDPU ning aspirantura bosqichi, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi ihtisosligini tamomlab, o‘z muddatida "Pedagogika kolleji o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish – kasbiy ijtimoiylashtirish omili sifatida" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilgan. 2014 yilda Nizomiy nomidagi TDPU ning 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha doktoranturani tamomladi.2017 yil 3 oktyabir kuni "Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi muvoffaqiyatli himoya qildi. U 60dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi. (Ulardan 1ta monografiya, 1ta darslik(xammualliflikda), 5ta o‘quv qo‘llanma, 7ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va boshqalar). Z.T.Saliуeva O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi a'lochisi. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida 2016 yil oktyabr-noyabr oylarida malaka oshirgan.

Mirashirova
Nargiza
Anvarovna

Katta o`qituvchi
Magistr
доцент в/б
Mirashirova Nargiza Anvarovna 23.08.1972 yilda Toshkent
shahrida tug‘ilgan. 2000 yildan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent
Davlat Pedagogika Universitetining“Umumiy psixologiya” kafedrasi v/b dotsent lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
SHu kungacha “Bolalar bog‘chasida psixologik xizmat va maslaxat” nomli ma’ruzalar matni, “Pedagogik amaliyot uchun psixologiya fanidan metodik tavsiyalar” nomli metodik qo‘llanma, “Obщaya psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma, “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” nomli darslik, “Kasb etikasi va kommunikatsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma , “Umumiy psixologiya”
nomli uslubiy metodik qo‘llanma hamda “Ijtimoiy hulq atvor
psixologiyaci”, “Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi”,
“SHaxs psixologiyaning ob’ekti sifatida”, “Intelekt va
kreativlik”, “Sezgi va sezuvchanlik” nomli metodik qo‘llanmalari
chop etilgan.
SHuningdek, 5ta xalqaro maqola va OAK tasarrufidagi respublika ilmiy
jurnallarida 13 ta maqola hamda bir qancha xalqaro va respublika ilmiy-
amaliy anjumanlarda o‘zining ma’ruzalari bilan ishtirok yetib kelmoqda. 19.00.06- Yosh va pedagogik psixologiya. rivojlanish psixologiyasi yo‘nalishida “Oliy ta’lim tizimida shaxs kasbiy sifatlar shakllanishining psixologik jixatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. OT-F1-126 “O‘zbekiston yoshlarida psixologik etuklik ko‘rsatkichlarini o‘rganishning psixodiagnostika vositalarini ishlab chiqish, ilmiy asoslash va amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi loyixa kichik ilmiy xodimi

Akramov
Mirmuhsin
Rustamovich

O`qituvchi
Magistr

Rahimova
Indira
Igorevna

O`qituvchi
Magistr
Raximova Indira Igorevna 1987 yil 6 iyunda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
2007 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Boshlang‘ich ta’lim va sport madaniyati” fakulteti bakalavr yo‘nalishini, 2009 yilda “Psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasida tahsil olgan.
2009-2012 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Umumiy psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
2012-2014 yillar davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Umumiy psixologiya” kafedrasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi sifatida faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
I.I.Raximovaning shu kungacha ilmiy jurnaldagi 12 ta maqolasi, 11 ta tezisi, xorij jurnallarida 5 ta ilmiy maqolasi, xorij ilmiy-amaliy konferensiyalarida 2 ta tezisi, hammualliflikda yaratilgan 2 ta uslubiy qo‘llanma hamda “Kompyuter o‘yinlariga tobelik: psixologik omillar va qonuniyatlar” nomli monografiyasi nashr qilingan. OT-F1-126 O‘zbekiston yoshlarida psixologik etuklik ko‘rsatkichlarini o‘rganishning psixodiagnostika vositalarini ishlab chiqish, ilmiy asoslash va amaliyotga tadbiq etish mavzusidagi loyixa kichik ilmiy xodimi



Saidova
Dilobar
Ikrambayevna

O`qituvchi
Magistr

Shayzakova
Nigora
Saydarifovna

O`qituvchi
Magistr
Shayzakova Nigora Saydarifovna 19.08.1980 yilda Toshkеnt viloyatida tug'ilgan. Millati o’zbеk. 2010 yilda Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti “Pеdagogika va psixologiya” fakultеtini tamomlagan. 2011-2013 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pеdagogika Univеrsitеti magistratura bo’limining “Pеdagogika” yo’nalishini tamomlagan. N.S.Shayzakova 20 dan ortiq ilmiy maqola va tеzislar muallifi. 2013 yildan shu kunga qadar “Pеdagogika va umumiy psixologiya” kafеdrasida o’qituvchi lavozimida ishlaydi. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida 2017 yil sеntyabr-oktyabr oylarida malaka oshirgan.
Nigora Shayzakova oilali, ikki nafar farzandni tarbiyalab kеlmoqda.

Ziyavutdinova
Gulnora
Ziyavutdinovna

O`qituvchi
Magistr
-
Ziyavitdinova Gulnora Ziyautdinovna 23.01.1984 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2000-2006 yil nizomiy nomidagi TDPUning "Pedagogika va psixologiya" fakultetini tamomlagan.
«Umumiy psixologiya» kafedrasi o‘qituvchisi Ziyavitdinova Gulnora Ziyautdinovna ushbu kafedrada 2012 yildan boshlab o‘qituvchi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘z faoliyati davomida 6ta xalqaro maqola va OAK tasarrufidagi respublika ilmiy jurnallarida 7ta maqola hamda bir qancha xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zining ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqda.
Ziyavitdinova Gulnora Ziyautdinovna OAK ning Byulletenining 2013 yil 2 sonida e’lon qilingan 19.00.06- Yosh va pedagogik psixologiya. rivojlanish psixologiyasi yo‘nalishida “O‘quvchilarda irodaviy sifatlar rivojlanishining psixologik xususiyatlari”
mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.
“Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi” nomli uslubiy qo‘llanma va “Umumiy Psixologiya” darsligi xammuallifidir. OT-F1-126 “O‘zbekiston yoshlarida psixologik etuklik ko‘rsatkichlarini o‘rganishning psixodiagnostika vositalarini ishlab chiqish, ilmiy asoslash va amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi loyixa kichik ilmiy xodimi


Axmedova
Mukarram
Tursunalievna

Dotsent
Fan nomzodi
Pedagogika fanlari nomzod, dotsent
Axmеdova Mukarram Tursunaliеvna1969 yil 2 fеvralda Farqona viloyatida ziyoli oilasida tug`ilgan. Millati – o’zbеk. 1998 yilda Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pеdagogika institutining “O’zbеk tili va adabiyoti” fakultеtini tugatib, 2002 yil O’zbеkiston Rеspublikasi o’rta maxsus, kasb-qunar ta'limini rivojlantirish institutining “Ta'lim standartlari nazariyasi va mеtodikasi” bo’limiga ilmiy xodim bo’lib ishga qabul qilingan.
O’rta maxsus, kasb-qunar ta'limi tizimi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy tadqiqot ishini boshlagan. Mazkur institutda “Pеdagogik tеxnologiyalar” kafеdrasida katta o’qituvchi lavozimida pеdagogik faoliyatini olib borgan.
2008 yildan Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti “Pеdagogika va psixologiya” fakultеtining “Pеdagogika” kafеdrasiga katta o’qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. 2011 yilda Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеtida 13.00.08 – Kasb-qunar ta'limi nazariyasi va mеtodikasi ilmiy ixtisoslik bo’yicha pеdagogika fanlari doktori, profеssor O.Musurmonova raqbarligida “Kasb-qunar kollеjlarida o’quv amaliyotini tashkil etish tеxnologiyasi” mavzusida dissеrtatsiyasini qimoya qilgan. OAK 31.05.2012 yil kuni 01№013316 raqamli pеdagogika fanlari nomzodi diplomini olgan.
2016 yil Pеdagogika nazariyasi va tarixi. Ta'limda mеnеjmеnt ixtisosligi bo’yicha dotsеnt ilmiy unvonini olgan. Ilmiy unvon tasdiqlangan sana: OAK 28.09.2016 yil 03№007696. 228G`1-son bayonnoma.
qozirgi kunda “Pеdagogika va umumiy psixologiya” kafеdrasi dotsеnti, pеdagogika fanlari nomzodi lavozimida ishlab kеlmoqda.
Bo’lajak pеdagoglarda pеdagogik konfliktlar va ularni bartaraf etish tеxnologiyasi mazusida ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirib kеlmoqda. Mavzu doirasida o’quv qo’llanma va maqolalar chop ettirib kеlmoqda.
M.T.Axmеdova o’zining pеdagogik faoliyati davomida bakalavriat ta'lim yo’nalishida “Pеdagogik maqorat”, “Pеdagogik konfliktologiya”, “Pеdagogik aksiologiya”, fanlaridan samarali o’quv mashqulotlarini olib boradi. O’quv mashqulotlarini o’tish jarayonida asosan hozirgi kun talablaridan biri bo’lgan pеdagogik va innovatsion tеxnologiyalaridan samarali foydalanib kеlmoqda hamda o’qitishning yangicha innovatsion usullarini oliy ta'lim jarayoniga joriy etish uchun faol qarakat qilmoqda. Kasbiy vazifalarni bajarishga ijodiy yondashuvi bilan ajralib turadi. O’quv mashqulotlarining emotsional foni ishchan va ko’tarinki bo’lishiga, ayniqsa, e'tiborli. Talabalar bilan munosabatda do’stona kayfiyat va qissiy bo’yoqdor insonparvar qarashlarning ustuvorligini namoyon etadi. O'zbekiston Respublikasi o'rta ma[sus kasb xunar ta'limi a'lochisi ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida 2016 yil iyun-iyul oylarida malaka oshirgan.



Ergashev
Po'lat
Sobirovich

Dotsent
Fan nomzodi
психология фанлари
Ergashev Po‘lat Sobirovich 1999-2003 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakultetida, 2003-2005 yillarda magistratura bo‘limida (“Psixologiya” ixtisosligi bo‘yicha), 2006-2009 yillarda aspiranturada ta’lim olgan. 2007 yilda O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasi granti asosida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti “Psixologiya” fakultetida qisqa muddatli malaka oshirish kursini o‘tagan.
Bakalavriat ta’lim bosqichi (2002 yil), magistratura bosqichi (2004 yil) hamda aspirantura bosqichi (2007 yil) da O‘zbekiston respublikasi Prezidenti talaba, magistrant talaba va aspirantlar uchun ta’sis etgan davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. 2008 yil psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan nomzodlik dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2009 yilda psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasida, 2012 yil dotsent ilmiy unvonida tasdiqlangan. 2014-2017 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetida katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutida tahsil olib, 19.00.01 – “Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Saxs psixologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Феноменологический анализ, диагностика и коррекция чувства симметрии” mavzusida psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini tayyorlagan. Hozirda Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
P.S.Ergashev 2017 yil oktyabr oyi holatiga 134 ta nashr qilingan ilmiy ishga va o‘quv-uslubiy ish, jumladan, 2 ta monografiya, 1 ta elektron uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta uslubiy qo‘llanma, 55 ta ilmiy maqola, 67 ta ilmiy ma’ruza tezisiga ega. 2012-2015 yillarda P.S.Ergashev Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining davlat ilmiy-texnik loyihalari doirasida 2 ta yosh olimlar amaliy ilmiy loyihasiga muvaffaqiyatli rahbarlik qilgan. Uning ilmiy qiziqishlari ijtimoiy persepsiya, psixologiya tarixi, shaxs emotsional sohasi, inson barkamolligining psixologik asoslari, tarixiy asarlar kontent tahlili, psixologiya fanlarini o‘qitishning metodik asoslari bilan bog‘liq. Ushbu masalalar bo‘yicha P.S.Ergashev chop ettirgan ilmiy ishlar xorijiy tadqiqotchilar tomonidan ham qiziqish bilan qarshi olinmoqda. Jumladan, muallifning 2014 yil “Kulturno-istoricheskaya psixologiya” jurnalida chop etilgan “O vozmojnostyax sravnitelnogo analiza etimologii slov v poznanii etnokulturnыx osobennostey” mavzusidagi maqolasi PsyJournals.ru portali ma’lumotiga ko‘ra, bir yil ichida 785 ta foydalanuvchi tomonidan yuklab olingan. Tadqiqotchining doktorlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha nashr ettirgan “Чувство симметрии: феноменология и психологические корреляты” monografiyasi “Infourok” xalqaro ta’limiy internet loyihaning maxsus sertifikati bilan qayd etilgan va ayni vaqtda erkin foydalanish uchun internet portalda joylashtirilgan. Umumiy ravishda P.S.Ergashevning ilmiy ishlari o‘z yo‘nalishi va innovatsion darajasiga ko‘ra mahalliy va xalqaro miqiyosda qiziqish uyg‘otish salohiyatiga egaligini qayd etish mumkin.

Gulyamov
Jaxongir
Raxmatullayevich

Dotsent
Fan nomzodi
педагогика фанлари номзоди
Gulyamov Djaxangir Raxmatullaevich 28.11.1962 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1984 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini (kunduzgi) umumtexnika fanlari va fizika o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1984-1990 illarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 36-maktabda mehnat, chizmachilik va fizika o‘qituvchisi sifatida o‘z pedagogik faoliyatini boshlagan. 1990 yildan 1993 yilga qadar Moskva shahrida Pedagogika fanlari akademiyasining Mehnat ta’limi va proforientatsiya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limiga qabul qilangan. 1993 yilda aspiranturani muvaffaqiyatli tamomlab, “O‘zbekiston qishloq maktablarida o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning pedagogik sharoitlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiligach, 1993-1994 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ishlab chiqarish pedagogikasi ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim lavozimida ishlagan.
1994-2007 yillarda- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida xizmat qilgan. Qurolli kuchlar zaxirasi podpolkovnigi.
2007 yildan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi dotsenti, 2009 yildan esa Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, 2014 yilda. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2015 yildan xozirga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika
va umumiy psixologiya” kafedrasi dotsenti.Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida 2017 yil iyun-iyul oylarida malaka oshirgan.
Oilali. 3 nafar farzandi bor.

Kadirova
Xosiyat
Azamatovna

Dotsent
Fan nomzodi
Психология фанлари номзоди
Kadirova Xosiyat Azamatovna 20.01.1983 yil Namangan shahrida tug`ilgan. 2005 yildan «Umumiy psixologiya» kafedrasi o`qituvchisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Rus va ingliz tillarini erkin egallagan. «Obshaya psixologiya», «Professional`naya psixologiya», «Yosh va pedagogik psixologiya», «Ijtimoiy psixologiya», «Psixologiya (faoliyat turlari)» fanlaridan dars beradi. 2004 yilda Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika uniersiteti, Pedagogika va psixologiya fakul`tetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2006 yilda Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika uniersiteti, Pedagogika va psixologiya fakul`teti, Psixologiya yonalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2009 yilda Nizomiy nomli TDPU ning aspirantura bosqichi, psixologiya yonalishini tamomlab, 2010 yilda 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya ixtisosligi bo`yicha «Osobennosti mejlichnostnogo obsheniya rukovoditeley na rabote i v sem`e» mavzusida nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan. 2017 yil sentyabr oyidan kafedrada dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. X.A.Kadirova 50 dan ortiq ilmiy va o`quv-uslubiy ishlar muallifi. (Ulardan 1 ta monografiya, 1 ta darslik (xammuallilikda), 2 ta o`quv qo`llanma va boshqalar). Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti PKQTMO tarmoq markazida 2016 yil noyabr-dekabr oylarida malaka oshirgan.

Muxsieva
Aziza
Shamsitdinovna

Dotsent
Fan nomzodi
pedagogika fanlari nomzodi
Muxsiyeva Aziza Shamsiddinovna 1971 yil 7 noyabr kuni Samrqand viloyatida tug’ilgan.1993 yil Samarqand davlat pedagogika institutinining musiqa va ashula tarbiya metodikasi yo’nalishini tugatgan. 2006 yil 13.00.02 – Tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Oilada milliy tarbiya jarayoninig metodik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2002 yildan 2016 yillarda qadar “Pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2016 yildan dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda. “Oila pedagogikasi”, “Tarbiyaviy ish metodikasi”, “Maxsus fanlar o’qitish metodikasi” fanlaridan dars bebrib keladi. A.Sh. Muxsiyevaning 40ga yaqin ilmiy nashrlari mavjud. Jumladan o’quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar va boshqalar.
Oilali 3 nafar farzandi bor.Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida 2017 yil noyabr-dekabr oylarida malaka oshirgan.

Ubaydullaev
Alisher
Hamidullaevich

Dotsent
Fan nomzodi
Ubaydullaev Alisher Xamidullaevich 05.02.1958 yilda Toshkent shahri tug‘ilgan bo‘lib, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy psixologiya” kafedrasi dotsenti 1988 yildan boshlab, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining“Umumiy psixologiya” kafedrasida dotsent lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
shu kungacha 2ta o‘quv qo‘llanma vshuningdek, bir nechta uslubiy qo‘llanma va “Umumiy psixologiya” darsliklari xammuallifidir.
Shuningdek, 5ta xalqaro maqola va OAK tasarrufidagi respublika ilmiy
jurnallarida bir qancha maqola hamda bir qancha xalqaro va respublika ilmiy-
amaliy anjumanlarda o‘zining ma’ruzalari bilan ishtirok yetib kelmoqda.
1994 yil 19.00.07 “Yoshlarni kasbga yo‘llashda aksedental qobiliyatlarni diagnostika qilish” mavzusida ximoya qilgan.

Богдалова
Гульнара
Алиевна

Dotsent
Fan nomzodi

Umarova
Malika
Xisabiddinovna

Katta o`qituvchi
Fan nomzodi
Umarova Malika 1967 yil 4 avgustda Toshkеnt shaqrida ziyoli oilasida tuqilgan. Millati – o`zbеk. 1986 yilda Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti “Maktabgacha ta'lim” fakultеtiga o`qishga kirgan qamda uni 1990 yil tugatib, 1996 yil qori Niyoziy nomidagi O`z.PFITIning kunduzgi bo`lim aspiranturasi qabul qilindi. 2002 yildan “Umumiy pеdagogika”, so`ng “Pеdagogika va psixologiya” fakultеti, “Pеdagogika” kafеdrasida o`qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. Shu kafеdrada 2005-2015 yillarda katta o`qituvchi lavozimida va 2015 yildan qozirgi kunga qadar “Pеdagogika va umumiy psixologiya” kafеdrasida dotsеnt vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kеlmoqda.
2009 yilda “Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda atrof-muqitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirish mеtodikasi” mavzusida nomzodlik dissеrtatsiyasini qimoya qilgan.
M.X.Umarova pеdagogika fanlari nomzodi, 40 ga yaqin ilmiy va o`quv-uslubiy ishlar muallifi. M.X.Umarovaning yakka muallliflikda tayyorlagan “Tеoriya i istoriya pеdagogiki” nomli o`quv qo`llanmasi O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi “603”-sonli buyruqi asosida nashrga guvoqnoma bеrildi. TDPU quzuridagi pеdagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi “Pеdagogika va psixologiya” yo`nalishi kurslari uchun “Pеdagogikaning taraqqiyot tеndеntsiyalari va innovatsiyalari” moduli bo`yicha o`quv-uslubiy majmua ishlab chiqishdi. M.X.Umarova “Pеdagogika va psixologiya” bakalavriat ta'lim yo`nalishi talabalari uchun yakka mualliflikda “Tеoriya i istoriya pеdagogiki” nomli o`quv qo`llanmani nashrdan chiqardi. Ushbu qo`llanma O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining 2017-yil 24-avgustdagi 603-sonli bo`yruqiga asosan 5110900 – Pеdagogika va psixologiya ta'lim yo`nalishining talabalari uchun o`quv qo`llanma sifatida tasdiqlangan (Guvoqnoma № 603-039).Shuningdеk, bakalavriat ta'lim yo`nalishida o`qitiladigan “Nеyropеdagogika”, “Pеdagogik diagnostika va korrеktsiya” fanlaridan qammualliflikda uslubiy qo`llanma, qamda “Pеdagogika nazariyasi va tarixi”, ”Maktabgacha va korrеktsion pеdagogika”, o`quv-uslubiy majmualar shuningdеk, mazkur fanlardan elеktron ta'lim moduli, sillabuslar tayyorlagan. Ushbu o`quv qo`llanma, o`quv-uslubiy majmualar va elеktron ta'lim moduli, sillabuslarni univеrsitеt elеktron ARMga taqdim etgan qamda undan ta'lim jarayonida talabalar kеng foydalanmoqda.
Rеspublikada yosh kadrlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida turli grant loyiqalari tashkil etilmoqda, M.X.Umarova 2015-2016 yillarda Nizomiy nomidagi TDPUning 28.03.2015y №135-U. A-1-56 raqamli “Maktab o`quvchilarida diqqat еtishmasligi sindromi va gipеraktivlik diagnostikasi qamda uning maxsus psixokorrеktsiyasi” mavzusidagi fundamеntal loyiqasida ijrochi ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritdi. Shu grant loyiqasi doirasida “Diagnostik va korrеktsion faoliyatni tashkil etish tеxnologiyasi” nomli uslubiy qo`llanma, qamda tarbiyaviy jarayonda korrеktsion faoliyatni tashkil etishning o`ziga xosliklari mavzularida ilmiy maqolalar nashrdan chiqardi.Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida 2017 yil mart-aprel oylarida malaka oshirgan.

Safayev
Nuriddin
Salixovich

Professor
Fan doktori
психология фанлари доктори
Psixologiya fanlari doktori Safaev Nuritdin Salixovich 17.08.1959 Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Safaev Nuriddin Salixovich 1981 yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining psixologiya fakultetini tugatdi. 1984 yilda Toshkent davlat universitetining aspiranturasiga kabul kilindi. 1989 yilda Moskva shaxrida psixologiya institutida nomzodlik dissertatsiyasini, 2005 yilda doktorlik dissertatsiyasini mufakkiyatli ximoya kildi.
Safaev Nuritdin Solixovich mexnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent davlat universiteting «Psixologiya» kafedrasida uqituvchi lavozimidan boshladi. 1990 yildan Nizomiy nomli Toshkent davlat universitetida dotsent, pedagogika va psixologiya fakulteti dekani, birinchi prorektor lavozimlarda faoliyat kursatdi. 2017 yilgacha «Umumiy psixologiya» kafedrasi 2017 yildan “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
U 2014 yildan Uzbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasi xuzuridagi Oliy attestatsiya komisiyasining ekspert kengashining a’zosi. Safaev Nuritdin tomonidan mexnat faoliyati davomida 60 ortik ilmiy maqolalar, 1 monografiya, 5 ukuv va uslubiy qo’llanmalar, 2 darslik yaratildi. Safaev Nuritdin Solixovich ilmiy raxbarligida 7 nomzodlik dissertatsiyalar ximoya qilindi. Safaev Nuritdin 2008-2011 yilda Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshida dissertatsiyalarni ximoya kilish bo’yicha ixtisoslashkan Kengashga raislik qildi.
Safaev Nuritdin Respublika va Xalqaro miqyosidagi ilmiy-nazariy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2013 yilda Olmaota shaxrida, 2014 Rossiyaning Yаroslavl shaxrida o’tkazilgan ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Safaev Nuriddin Salixovich “Psixologiya” jurnali bosh muxarriri o‘rinbosari, “Bola va zamon”, “Pedagogika” , “Zamonaviy ta’lim” ilmiy jurnalarining tahririyat a’zosi.
Safaev Nuriddin Salixovich Xalqaro Psixologiya fanlari akademiyasining Akademigi unvoni soxibi.
OT-F1-126 “O‘zbekiston yoshlarida psixologik etuklik ko‘rsatkichlarini o‘rganishning psixodiagnostika vositalarini ishlab chiqish, ilmiy asoslash va amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi fundamental loyixa raxbari




Odilova
Naira
Gulyamovna

Katta o`qituvchi
-
Odilova Naira Gulyamovna 1976 yil 1 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy.
1999 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Defektologiya” fakulteti oligofrenopedagogika yo‘nalishini tugatib, shu yili Amaliy psixologlar tayyorlash fakultetiga o‘qishga kirdi va 2001 yilda psixolog mutaxassisligini oldi.
2001-2011 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Umumiy psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
2011-2016 yillar davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Umumiy psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika” fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
N.G.Odilova doimiy ravishda xalqaro, respublika va universitet miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etib, ma’ruzalar bilan chiqish qilib keladi.
N.G.Odilovaning shu kungacha 33 dan ortiq ilmiy asarlari mavjud.
OT-F1-126 O‘zbekiston yoshlarida psixologik etuklik ko‘rsatkichlarini o‘rganishning psixodiagnostika vositalarini ishlab chiqish, ilmiy asoslash va amaliyotga tadbiq etish mavzusidagi loyixa kichik ilmiy xodimi



Abidjanova
Muxlisa
Abdukahharovna

O`qituvchi
Abidjanova Muxlisa Abdukahharovna 09.09.1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2007-2011 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va psixologiya” fakultetida taxsil olgan va imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2011-2013 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limining “Pedagogika” yo‘nalishida taxsil olib, imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2013 yildan shu kunga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. M.A.Abidjanova 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.(Ulardan 2 ta o‘quv qo‘llanma). Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PK QT va ularning MO tarmoq markazida 04.09.2017 dan 28.10.2017 gacha malaka oshirgan.

Nurmatova
Iroda
To`xtasinovna

O`qituvchi
O'qituvchi
Nurmatova Iroda To'xtasinovna 1975 yil 24 fevral kuni Toshkent shahrida tug’ilgan. 1994 yil Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika bilim yurtini imtiyozli tugatgan. 2001 yilda Nizomiy nomidagi TDPU ning Pedagogika va psixologiya fakultetining maktabgacha va oilaviy ta’lim mutaxassisligini tugatgan. 2006 yil Pedagogika yo’nalishi bo’yicha magistraturani tugatgan. 2011 yildan xozirgi kunga qadar “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali 1 nafar farzandi bor. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida 2017 yil noyabr-dekabr oylarida malaka oshirgan.

Umrixina
Viktoriya
Igorevna

O`qituvchi
O'qituvchi
Umrihina Viktoriya Igorevna 1979yil 1 fevral kuni Toshkent shahrida tug’ilgan.
2000 yilda Nizomi nomidagi TDPU "Pedagogika va psixologiya (maktabgacha)" fakultetini bitirgan.
2002-yil Nizomi nomidagi TDPUda magistraturani "pedagogika" yo’nalishida tugatgan. 2002 yildan hozirgi vaqtgacha "Pedagogika va umumiy psixologiya" kafedrasini o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. «Семейная педагогика», «Народная педагогика», «Сравнительная педагогика» kabi fanlardan dars beradi. Ilmiy nashrlarda muntazam ravishda maqolalari bilan qatnashib turadi. Oilali 1 nafar farzandi bor. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida 2017 yil noyabr-dekabr oylarida malaka oshirgan.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering