Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Uch ustoz ibrati kitobining taqdimoti

2015 yilning 21- dekabr kuni Kasb talimi fakulteti Muhandislik grafikasi va uni oqitish metodikasi kafedrasida dotsent Azamjon Nematovich Valiyev tashabbusi bilan Keksalarni ezozlash va qadrlash yiliga bagishlab yozilgan Uch ustoz ibrati kitobi taqdimoti otkazildi.

Dastlab, A.Valiyev sozga chiqib, ushbu uchrashuvni tashkil qilinishining 3ta sababini aytib otdi.

1- sabab, 2015- yil Keksalarni ezozlash va qadrlash yili munosabati bilan keksa ustozlarni bir piyola choyga chaqirib, ular bilan diydorlashish, hamsuhbat bolish va ularning duolarini olish.

2- sabab, bir umr shu kafedrada faoliyat yuritgan, chizma geometriya va chizmachilik fanlarining taraqqiyotiga katta hissa qoshgan, biroq hozirda oramizda yoq bolgan ustozlar Yusuf Qirgizboyev, Abduraxim Tojiboyev, Karim Qobiljonov, Ilyos Ismoilov, Rahmatilla Ismatullayev, Azam Abdurahmonov va boshqa ustozlarni yodga olish, yosh pedagoglarga ular togrisida malumot berish.

3- asosiy sabab, fanimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoshgan uch buyuk ustoz Ikromjon Turgunovich Rahmonov, Shmidt Karimovich Murodov va Pulat Adilovich Adilovlarning hayoti, ilmiy-pedagogik faoliyatini ozida aks ettirgan Uch ustoz ibrati nomli biografik qollanmaning nashrdan chiqqanligi munosabati bilan uning taqdimotini otkazish.

Songra A.Valiyev uch ustozga va kafedra jamoasiga kitoblarni gullar bilan taqdim qildi. Shuningdek, kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan barchani tabrikladi.

Shundan song TDPU professori Ikromjon Rahmonov, professor Shmidt Murodov va dotsent Pulat Adilovlar sozga chiqib ularga berilgan etibor, hurmat va etirof uchun jamoa azolariga , xususan, shogirdlari Azamjon Valiyevga ozlarining minnatdorchiligini bildirib otdilar.

Bundan tashqari 1955- yili tashkil topgan mazkur kafedraning shu kunigacha bolgan oraliqda faoliyat yuritgan ustozlarning insoniy fazilatlari va ilmiy salohiyatlari haqida malumotlar berib otdilar.

Suhbat davomida laganlarga oshlar suzilib, dasturxonga tortildi. Ozaro hurmat, chin samimiylikda otgan uchrashuvdan minnatdor bolgan ishtirokchilar xursandliklarini izhor qilishdi. Katta oqituvchi Nozima Gulamova Ustozlar deb nomlangan sherni oqib eshittirdi.

Tadbir songgida Uch ustoz ibrati kitobining qahramonlari va mualliflaridan dastxatlar olindi.

22 dekabr 2015 yil, O`qilgan:2925

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    "Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va vazifasini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, darsga yakun yasash va uyga vazifa berish" tuzilishidagi darsning tipini ko`rsating.

    Javob: Kombinatsion (aralash) dars

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar