|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


“Reproduktiv salomatlik” mavzusida mutaxassislar ishtirokida ma’naviy tadbir o‘tkazildi

2015 yil 22 dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va psixologiya” fakulteti xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan Universitet “Ibn Sino salomatlik maskani” ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Reproduktiv salomatlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.U.Abdullaeva ochib, tadbirning ahamiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. So‘ng Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti oliy toifali shifokori N. Akramova reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq tushunchasi, ona va bola salomatligi muhofazasi, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish tamoyillari, reproduktiv yoshdagi ayollarni homiladorlikka tayyorlash yo‘llari haqida ma’ruza qildi.

Universitet “Ibn Sino salomatlik maskani” ma’rifat markazi rahbari S. Safarova va “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi B. Hasanovalar o‘smirlar reproduktiv salomatligi, balog‘at davridagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek tadbirda “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchisi N.Xalilova, N.Ismoilova, N.Atabaeva, G.Alimova, “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi I. Nurmatovalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar. Davra suhbati juda qiziqarli, jonli, baxs munozaralar asosida tashkil etildi.

Tadbir talabalarning tibbiy bilimlarini kengayishiga va o‘z sog‘liqlari uchun e’tiborli bo‘lishlari kerakligini, bola salomatligi har jihatdan bo‘lajak onaga bog‘liqligi, sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozimligini tushunib yetishlariga xizmat qiladi.

24 dekabr 2015 yil, O`qilgan:3650

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Muammoli ta`lim metodining ta`rifi qaysi javobda keltirilgan?

    Javob: Ilmiy bilish jarayonining ob`ektiv qarama-qarshiliklarini aniqlash va ularni hal qilishga qaratilgan, fikrlashga o`rgatish va bilimlarni ijodiy o`zlashtirishga qaratilgan ta`lim metodi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-25 22:41:30