Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Yangi yil ertagi” nomli hayriya tadbiri

“Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari tomonidan Yashnaobod tumanidagi 103-maktab internatda “Yangi yil ertagi” nomli hayriya tadbiri tashkil etildi






2015 yilning 24 dekabr kuni “Ma’naviyat kuni” doirasida Toshkent shahar Yashnaobod tumanidagi 103-maktab internatda “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ps.f.n., dotsent N.G.Kamilova, ps.f.n., dotsent N.I.Xalilova, katta o‘qituvchilar D.U.Abdullaeva, L.A.Nigmatulina, o‘qituvchilar L.U.Inagamova, Ye.N.Gusarova va N.B.Atabaevalar tomonidan pedagogika va psixologiya fakultetining Pp 201, Mt 203, Pp 303, Pp 401, pp 402, Pp 403 guruh talabalari ishtirokida “Yangi yil ertagi” nomli hayriya tadbiri tashkil etildi. Tadbirni maktab-internat direktori B.B.Safarov ochib berdi. So‘ng fakultet talabalar tomonidan tayyorlangan “Yangi yil ertagi” namoyish etildi. Talabalarning badiiy chiqishlari, Qorbobo va qorqizning ishtiroki bolalarga quvonch baxsh etdi. Bolalar o‘zlarining yangi yil bayramiga bag‘ishlab yod olgan she’rlarini aytib, qorbobodan sovg‘alar oldilar. Kechaga maktab-internat tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan yangi yil tabriklari, she’rlari yanada mazmun bag‘ishladi. Tadbir davomida turli musobaqalar, tanlovlar tashkil etildi va g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan tarbiyalanuvchilar alohida taqdirlandilar. Badiiy chiqishlarning yakunida Qorbobo maktab-internatning 171 nafar tarbiyalanuvchilariga talabalar tomonidan tayyorlangan yangi yil sovg‘alari va shirinliklar ulashdi. Tadbir talabalarda hamda internat tarbiyalanuvchilarida katta taassurot qoldirdi.

26 dekabr 2017 yil, 9,324
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering