Foydali manbalar













OTM web-reytingi

MA`NAVIY-MA`RIFIY, tarbiyaviy faoliyat

Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy faoliyati






Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishi bayonnomalar, hisobotlar asosida mavjud. Shuningdek, kafedraga biriktirilgan barcha akadem guruhlari murabbiylarining o’quv yili uchun ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy ishlar rejasi ishlab chiqilgan. Ish rejasi asosida o’quv yili davomida jamoada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, talabalar o’rtasida axloq-odob qoidalariga amal qilish, ularda pedagogik kasb madaniyatini shakllantirish, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan talaba-yoshlarni tarbiyalash, salomatliklarini muhofaza qilish, ommaviy sportga jalb qilish, iqtidor va iste’dodlarini qo’llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy sohaga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemnomalarida berilgan vazifalar ijrosi kafedra miqyosida va akadem guruhlarda ta’minlanmoqda. Jumladan: 1) Kafedra professor-o’qituvchilari va murabbiylar tomonidan akadem guruhlar va 9-TTJda belgilangan reja asosida “Odam savdosi va unga qarshi kurash”, “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish”, “Giyohvandlikning kelib chiqishi va uning salbiy oqibatlari”, “Diniy ekstrimizim va terrorizm, uni zararli oqibatlarini oldini olish hamda giyoxvandlikka qarshi kurash”, “OITSga qarshi kurash” mavzularida suhbat hamda uchrashuv kechalari tashkil etish va o’tkazish muntazam yo’lga qo’yilgan; 2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi PQ-451-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayonini tarbiya jarayoni bilan uzviylikda olib borish, ma’naviy- ahloqiy tarbiyani ma’rifiy ishlar asosida mustahkamlash, olib boriladigan ishlarni milliy, umumbashariy va zamonaviy qadriyatlarga asoslangan holda samarali tashkil etish kabi vazifalar amalga oshirilmoqda; Kafedrada talabalar bo'sh vaqtini samarali tashkil etish boyicha ham bir qator ishlarolib borilmoqda. Kafedra qoshida to'garaklar tashkil etilgan: Kаfеdrаdа to’garak mashg’ulotlari rеja asosida olib borilаdi. “WEBga yo’naltirilgan programmalash” to’garagigа kafеdra dotsеnti S.Tursunov, “Zamonaviy dasturlash tili” to’garagigа kafеdra dotsеnti M.O’.Ashurov, “Informаtsion tехnologiyalаr vа intеrnеt tizimidа ishlаsh” to’garagigа kafеdra katta o’qituvchisi A.A.Primqulova, “Молодой учител” nomli kаsbiy to’gаrаgigа V.S.Mullаkаyеvа rаhbаrlik qilmoqdа.

19 may 2018 yil, 4,567
Tursunov .

DO’STLIK BOG’IDA 21-SENTYABR XALQARO TINCHLIK KUNIGA BAG’ISHLAB TADBIR O’TKAZILDI

22 sentabr 2017 yil

2017-yil 21-sentyabr kuni “Xalqaro tinchlik kuni”ga bag’ishlab Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tomonidan Yakkasaroy tumanida joylashgan Do’stlik bog’ida tadbir o’tkazildi.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)