|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


«Kafedrada tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatining bajarilish holati va istiqbollari» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Kasb ta’limi metodikasi kafedrasida «Kafedrada tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatining bajarilish holati va istiqbollari» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda kafedra mudiri va barcha professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Kafedra mudiri A.I.Avazboev kafedraning talabalar qishgi ta’tili davrida amalga oshiriladigan ishlar rejasida «Kafedrada tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatining bajarilish holati va istiqbollari» mavzusida seminar o‘tkazilishi rejalashtirilganligini aytib o‘tdi. Bugungi seminarimiz shu mavzuga bag‘ishlanganligini aytib ma’ruzachi X.To‘lqinovaga so‘z navbatini berdi.

X.To‘lqinova so‘zga chiqib, 2015-2016 o‘quv yilida 2 xil to‘garak tashkil etilganligi shundan, Ilmiy to‘garaklar soni 2 ta, Kasbiy to‘garaklar soni 11 ta ekanligi. Ilmiy to‘garakda 2 nafar, kasbiy to‘garaklarda 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borayotganligi, jami 13 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borayotganligi hamda bu to‘garaklarda 150 ga yaqin talabalar ishtirok etayotganliklari to‘g‘risida ma’lumot berdi. To‘garaklar faoliyatini jonlantirish uchun to‘garak mashg‘ulotlari mavzularini belgilashda to‘garak ishtirokchilarining xoxish-istaklari va qiziqishlarini inobatga olgan holda to‘garak rejalarini shakillantirish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Seminarda kafedra dotsenti S.Boltaboev, kafedra katta o‘qituvchisi H.YAkubova, kafedra o‘qituvchilari L.Zaripov, J.Pardaboevlar seminar mavzusi yuzasidan o‘z fikirlarini bildirishdi.

Kafedra mudiri: A.I.Avazboev

Kafedradagi to‘garaklarga ma’sul X.T.To‘lqinova

9 fevral 2016 yil, O`qilgan:2463

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Motiv nima?

    Javob: Anglangan yoki anglanmagan ish harakat bo`lib, biron ehtiyojning sub`ektiv ifodasini bildiradi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-23 09:09:59