Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Jasorat darsi

Nizomiy nomidagi TDPU CHet tillar fakultetida 2016 yil 13 yanvar kuni barcha akademguruhlarda “Jasorat darsi” mashg‘ulotlari tashkil etildi.






Inson baxti va iqboli uchun zarur moddiy va ma’naviy ne’matlarning asosi tinchlikdir. Biroq tinchlik va taraqqiyot, farovonlik va obodlik o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bu ne’matlarning barqaror bo‘lishi uchun ezgu maqsadlarda sobitqadamlik, tinchlikning ma’no-mazmunini boyitish, butun xalqni, ayniqsa, yoshlarni osuda hayot qadriga etib yashash ruhida tarbiyalash zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan Harbiy vatanparvarlik oyligi va oylik doirasida tashkil etilayotgan “Jasorat darslari” shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bugun har tomonlama barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan davlat siyosatida avvalo yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ushbu mashg‘ulotlar shior va prezentatsiyalar bilan o‘tkazildi. Kelajagimiz davomchilari bo‘lgan minglab yoshlar qalbida Vatan himoyachisi ekanidan g‘ururlanish tuyg‘usi shakllandi. Mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi uchun mas’ullik, hayotimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga daxldorlik hissi uyg‘ondi.

13 yanvar 2017 yil, 5,340
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering