Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Vatan himoyachilari kuni”

Tabiiy fanlar fakultetida o’tkazilgan “Vatan himoyachilari kuni” ga bag’ishlangan tadbir




Tabiiy fanlar fakultetida 12-yanvar kuni О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganining 24 yilligi va “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan “Milliy armiyam – mening tayanchim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir fakultetga qarashli 2-13, 3-20, 4-08 o’quv xonalaridagi “Biologiya o’qitish metodikasi”, “Kimyo o’qitish metodikasi”, “Geografiya o’qitish metodikasi” yo’nalishlari talabalari o’rtasida o’tkazildi va tadbirni fakultet “Kamolot” YoIH yetakchisi B.Ishmo’minov olib bordi. Tadbirga Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti ofitserlaridan mayor Urazov Nizomiddin, leytenant Sayitov Faxriddin, fakultet talabalaridan Oybek Abduraxmonov, Boltayev Xurshid va Muxammadjon Adxamovlar taklif qilindilar. Tadbirni fakultet dekan muovini Shohid Saidmuratov ochib berdi. Yurtimizda barcha sohalari qatori harbiy sohada olib borilayotgan islohatlar, yurt tinchligi, osoyishtaligi barcha yoshlarimizning ajralmas va sharafli burchi ekanligini alohida ta’kidladi. Tinchlik ne’matini qadriga yetish, shukrona keltirib yashash lozimligi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi “Islom” niqobi ostida sodir etilayotgan xunrezlik va kelishmovchiliklari aytib о‘tildi. Vatan sarxatlarini himoya qilishda halok bо‘lgan yurt о‘g‘lonlari xotirlandi. So’zga chiqqan harbiylar, sohada olib borilayotgan bugungi kundagi о‘zgarishlar va yangiliklar bilan yoshlar tanishtirdilar.

Fakultet “Kamolot” YoIH yetakchisi: B.Ishmo’minov

14 yanvar 2017 yil, 4,194
.

O`xshash maqolalar










“Ma’navit kuni” 26 noyabr 2017 yil



Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)