|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Ustoz Ikrom Rahmonovning hayoti va faoliyati Nuroniy fasl telekorsatuvida

Insondan qoladigan yaxshi xotira va merosni belgilovchi omillar bu: inson hayoti davomida qilgan amallari, boshqalarga qilgan yaxshiliklari, solih va soliha farzandlari, yaratgan boglari, xalq turmushi farovonligi yolida qilgan ishlaridir.

Nizomiy nomidagi TDPUning faxriy professori Ikrom Turgunovich Rahmonov yuqorida qayd etilgan barcha ijobiy omillar egasi bolish bilan birga, etuk olim va koplab oquv adabiyotlar hamda maktab CHizmachilik darsligi muallifidir.

Ikrom Rahmonov 1955 yili ochilgan Rasm-chizmachilik yonalishining ilk qaldirgoch bitiruvchisidir. SHu munosabat bilan Ozbekiston teleradiokompaniyasi Mahalla telekanalining Nuroniy fasl telekorsatuvi ijodkorlari ustozning hayot yolini ornak bilib, uni mamlakatimiz fuqarolariga, ayniqsa, yoshlarga korsatishni maqsad qildilar. Va, 2016 yilning 16 yanvar kuni korsatuv namoyish etildi.

Korsatuv boshida I.Rahmonov haqida Ozbekiston xalq ustasi Maxmud Mamajonov tolqinlanib sozladi va uni ozining ustozi ekanligini takidladi.

Songra shogirdi dotsent A.Valiev ustozi I.Rahmonovning unga kitob yozish sanatini orgatgani, ular barcha ozbekistonlik maktab oquvchi va oqituvchilarining ustozi ekanligi haqidagi fikrlarini bayon qildi.

Keyin ustozning Muhandislik grafikasi va uni oqitish metodikasi kafedrasidagi shogirdlari Z.Mirzaliev, N.Gulamova, M.Xalimov, N.Tashimov, S.Saydaliev, K.Malikov, X.Rixsiboeva, E.Nurmatovlar bilan uchrashuv payti namoyish etildi.

Suratga olish jarayonida ustoz bilan birga ishlagan dotsent Boqijon aka Muhamadjonov va oquv ishlari boyicha prorektor Dilshod Unarovich Ergashevlar uchrashib qolishdi va ular otgan davrlar haqida biroz suhbat qurishdi.

Ustoz 83 bahorni qarshilagan bolsalar-da, hamon ijod bilan mashgul. Mustaqillik davrida uning yozgan 30tadan ortiq oquv adabiyotlari chop etildi. Ularning yozgan kitoblari va boy kutubxonasi ham korsatuvda namoyish etildi.

Korsatuv ijodkorlari I.Rahmonovning oilasi davrasida ham bolishdi. Oila azolari ustozning yozgan kitoblarini kozdan kechirib, mutolaa qilayotgan edilar. Ustozning turmush ortoqlari Farida aya Rahmonova ularning insoniy fazilatlari haqida gururlanib, mehr bilan sozladi. Ular ham pedagog bolib, maktabda yosh avlodga talim-tarbiya berganlar.

Korsatuv ijodkorlari uni tayyorlash jarayonida katta yordam bergan Kasb talimi fakulteti Muhandislik grafikasi va uni oqitish metodikasi kafedrasi jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

23 yanvar 2016 yil, O`qilgan:2819

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Pedagogikadan savol

    Ko`rgazmalilik tamoyilini amalga oshirishda qanday metodik talablarga rioya qilinishi kerak?

    Javob: Javoblarning hammasi to`g`ri

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar









Bizning loyihalar