library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

Umumiy qoidalar

21 sentabr 2016 yil, 6,436
Abdullayeva B.S.

1. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Yosh olimlar kengashi” (keyinchalik – Kengash) 40 yoshgacha bо‘lgan yosh olimlar va mutaxassislar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil-izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar jamoat tashkiloti hisoblanadi.

2. Kengash yosh olimlar ijodiy faolligining rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bо‘yicha kamol topishiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topishga kо‘maklashadi.

3. Kengash faoliyati yosh olimlar jamoat tashkilotining asosiy yо‘nalishlari va faoliyat shaklini belgilab beruvchi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, О‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Universitet Nizomi hamda mazkur Nizomga asosan olib boriladi.

4. Kengash faoliyati Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi Yosh olimlar kengashi, davlat boshqaruv organlari, vazirliklar, muassasalar, ilmiy tashkilotlar, о‘quv yurtlari, jamoatchilik tashkilotlari bilan muvofiq ravishda tashkil etiladi.

21 sentabr 2016 yil, O`qilgan :6436



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Yosh olimlar kengashi