|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


«Pazanda qizlar» nomli bellashuv bo‘lib o‘tdi

Kasb ta’lim fakultetida to‘garaklar faoliyati yuzasidan yarim yillik hisoboti bo‘yicha «Kasb ta’lim metodikasi» kafedrasida faoliyat olib boradigan «Pazandachilik» to‘garagi ishtirokchilari o‘rtasida 2016 yil 2 fevral kuni «Pazanda qizlar» nomli bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda «Mehnat ta’limi» yo‘nalishidan 10 nafar talaba qizlar ikki «Orasta» va «Do‘stlik» guruhlarga bo‘linib, ishtirok etishdi. Bellashuv 4 ta shartdan iborat bo‘ldi:

1. Salat tayyorlash.

2. To‘rt bezatish.

3. Dasturxon tuzatish tartibi.

4. Savol javob.

Tadbirda universitet rektori professor SH.S.SHaripov, professor R.G.Isyanov, o‘quv-uslubiy boshqarma metodisti D.Adilova, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim metodisti X.Hamidova bo‘lim lobaranti N.Akbarova, Kasb ta’lim fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini X.Qodirov ma’naviy – ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan movuni B.Yo‘ldoshev, «Kasb ta’lim metodika» kafedrasi mudiri O.Avazboev kafedra katta o‘qituvchilaridan N.Tursunboev, H.YAkubova va S.Rajabovalar, o‘qituvchilardan Z.Samikova va “Pazandachilik” to‘garagi rahbari X.T.To‘lqinova, “Mehnat ta’limi va dizayn” kafedrasi dotsentlari X.Z.Ismatullaeva, A.E.Parmonov va R.Daminovalar kafedra o‘qituvchisi I.YAkubovalar ishtirok etdilar.

Tadbirda hay’at azolari

1. X.Z.Ismatullaeva

2. A.E.Parmonov

3. H.YAkubova.

“Orasta” va “Do‘stlik” guruh qizlarining tashqi ko‘rinishi, pazandachilik mahorati, bezatish didi, sanitariya gigiena talablariga javob beradigan guruhlarni oqilona baholab, “Orasta” va “Do‘stlik” guruh ishtrokchilarini 23 ball bilan baholandi va ikki guruh o‘rtasida do‘stlik g‘alaba qilganini aytib o‘tdilar. Bellashuv ishtirokchilarini qimmatbaho sovg‘alar va fahriy yorliqlari bilan tabrikladilar.

3 fevral 2016 yil, O`qilgan:8585

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    “Pedagogik mahorat” tushunchasi qaysi javobda to`g`ri berilgan?

    Javob: Pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish harakatga keltira olish, pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari tahlili

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar