library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

21 sentabr 2016 yil, 6,006
Abdullayeva B.S.

Kengash faoliyati

1. Kengash о‘z faoliyatida:

– joriy yil uchun ish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, uning bajarilishini nazorat etadi va hisobotlarni muhokama qiladi. Kengash tadbirlari, ilmiy anjumanlari, seminarlari rejalarini va ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlaydi, bu tadbirlarga tayyorgarlik va о‘tkazish jarayoni tо‘g‘risidagi axborotlarni tinglaydi;

– Universitet va yosh olimlar Kengashi ish dasturi va rejalarini muvofiqlashtiradi;

– Universitet Kengashiga yosh olimlarni ilmiy tajriba va malaka oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishlari uchun xorijga yuborish tо‘g‘risida takliflar kiritadi;

– Kengashda xorijiy ilmiy markazlar va universitetlarda ilmiy stajirovkani о‘tagan yosh mutaxassislarning axborotini tinglaydi;

– Universitet rahbariyatiga yosh olimlarning eng yaxshi ishlarini taqdirlash, nashr etish va ish о‘rni bilan ta’minlash bо‘yicha takliflar kiritadi;

2. Kengash qoshidagi ilmiy-tadqiqot yо‘nalishlari bо‘yicha sektorlar hamkorligining tashkiliy jihatlarini, istiqbolli yо‘nalishlarini belgilaydi.

­ Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi (BMI), ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI);

Quyidagi sektorlar faoliyati nazarda tutilgan:

­ Ilmiy loyihalar, xizmat kо‘rsatish, trening;

­ О‘quv – amaliy (til о‘rganish, mutaxassislik, axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va h.k.);

­ Olimpiada, kо‘rik – tanlovlar, konferensiyalar;

­ Axborot xizmati (internet ma’lumotlari, yangiliklar);

­ Volontyorlik, ekologik harakat.

3. Kengashning ish faoliyati ishchi reja va dastur asosida olib boriladi.

4. Kengash tadbirlarida barcha hohlovchilar qatnashishlari mumkin.

21 sentabr 2016 yil, O`qilgan:6006



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Yosh olimlar kengashi