library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

15 fevral 2016 yil, 3,179
.

“Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobning taqdimoti

Nizomiy nomidagi TDPU Kasb talimi fakultetida “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobning taqdimoti tashkil etildi

Bugun biz axborot almashinuvi shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir sharoitda yashayapmiz. Globallashuv deb atalmish murakkab bir jarayon natijasida dunyo ahli internet tarmog‘i orqali bir nuqtada birlashdi. Ko‘rib, bilib balki o‘zingiz ham bevosita qatnashib turibsiz, INTERNET bugun tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada masofalarni qisqartirdi, Haqiqatdan ham bugun internetdan foydalanuvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Xo‘sh, bu axborotlarning hammasi ham hayotimizga yangiliklar olib keluvchi, bizni mamlakatimizda va butun dunyoda ro‘y berayotgan turli voqea-hodisalardan boxabar qiluvchi, bir so‘z bilan aytganda, taraqqiyotga boshlovchi axborotlarmi? Bu savolga ha, shunday deb javob berish nihoyatda qiyin, balki noto‘g‘ridir. Sababi, ba’zi o‘rinlarda uning ortidan “ommaviy madaniyat”ning sovuq va chigal ko‘lankasi ham ko‘rinib qolmoqda. Tabiiy ushbu “qora ko‘lanka” ma’naviyatimizga zid, ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashimizga salbiy ta’sir qiluvchi axboriy xurujlar sirasiga kiradi. Bugungi sog‘lom fikrlovchi davr kishisi mana shu ikki turdagi axborotni, ya’ni foydalidan foydasizni farqlay olishi uchun yetarli bilim va ko‘nikma hamda keng dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak degan maqsadda, 2016 yil 13-fevral kuni 4-binodagi 6-13 xonada ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini va fakultet xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi, “Kamolot” YoIH yetakchisi, 51 nafar guruh sardori va guruh murabbiylari tomonidan “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobning taqdimoti tashkil etildi. Davra suhbatini dekan movini ochib berdi va “Movarounnahr” nashriyoti tomonidan nashr etilgan kitobning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazib berdi. Shundan so‘ng R.Jabbarov kitobning qisqacha mazmuni va undagi boblar to‘g‘risida talaba-qizlarga ma’lumot berdi va talabalar ham o‘z navbatida ushbu kitobga yuqori qiziqish bildirdilar va fakultetimizga ma’naviyat tomonidan taqdim qilingan 12 nusxadagi kitob kafedralarga va talabalarga foydalanish uchun taqdim qilindi. Yig‘ilish so‘ngida har bir guruhlarda har xafta axborot soatida qitob haqida malumot berib borish kelishib olindi. Tashkil etilgan davra suhbati barchani yana bir bor ogohlikka chaqirdi.

15 fevral 2016 yil, O`qilgan:3179



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar