|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


O’zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kengashi Markaziy aparati tomonidan partiyaning “Vatan kelajagi yoshlar qo’lida” ijtimoiy loyihasi doirasida “Internet madaniyati, va axborot xavfsizligi – muhim vazifamizdir” mavzusida davra suhbati hamda “Royal” guruhi tomonidan “Qo’l telefonining salbiy oqibatlari” nomli sahna ko’rinishi namoyish etildi.

Nizomiy nomidagi TDPU fakultetlararo Ingliz tili kafedra hamkorligida 5 – anjumanlar zalida O’zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kengashi Markaziy aparati tomonidan partiyaning “Vatan kelajagi yoshlar qo’lida” ijtimoiy loyihasi doirasida “Internet madaniyati, va axborot xavfsizligi – muhim vazifamizdir” mavzusida davra suhbati hamda Kasb ta’lim fakulteti “Royal” guruhi tomonidan “Qo’l telefonining salbiy oqibatlari” nomli sahna ko’rinishi namoyish etildi.

Davra suhbati avvalida Ingliz tili kafedrasi mudiri Sh.F.Ismoilova so’zga chiqdi va so’z navbatini “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati va Toshkent shahar Kengashi mas’ul xodimlariga berdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, O’zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati va Toshkent shahar Kengashi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo’yicha qo’mita mutaxassislari, partiyaning “Yosh adolatchilar” qanoti Kengashi a’zolari va faollari, ta’lim muassasasi o’qituvchilari va o’quvchilari hamda OAV xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Davra suhbatidan ko’zlangan maqsad hozirgi globallashgan axborot muhiti sharoitida yoshlarda ijtimoiy siyosiy jarayonlarga munosabatni shakllantirish, ularga axborot olish va tarqatish borasida tushunchalar berish hamda ularda internet tarmog’I orqali bo’layotgan axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlarga qarshi g’oyaviy immunitetni mustahkamlashga qaratildi.

Davra suhbati juda qizg’in va savol javoblarga to’la bo’ldi. Suhbatdan so’ng Kasb ta’lim fakulteti “Royal” guruhi tomonidan ajoyib sahna ko’rinishi namoyish etildi. Sahna ko’rinishi ham davraga o’ziga hos iliqlik olib kirdi.

22 fevral 2016 yil, O`qilgan:1870

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Muammoli metodlar guruhiga kiruvchi metodlarni toping.

    Javob: Birga javoblar to`g`ri.

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-24 05:08:18