Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Pedagogika va psixologiya fakultetida fakultet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitob taqdimoti “Amaliy psixologiya” kafedrasi dotsenti D.Maxmudova hamda p.f.n dotsent B.Botirovlar tomonidan olib bordilar.

Taqdimotda internetdagi global tarmoqlardagi tahdidlar psixologik jihatdan tahlil etildi, shu bilan birga “Olomoncha madaniyat”, “Kiberterrorchilik” kabi tushunchalarga izoh berildi. To‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismati, bekorchilik va uning ayanchli oqibatlari, vertual o‘yinlarning asoratlari hayotiy vaziyatlar asosida tushuntirildi.Sharqona tarbiyaning shaxs shakllanishidagi ahamiyati, yoshlar ongini chalg‘itish uchun katta urunishlar kechayotgan globallashuv davrida yoshlar tarbiyasida yuksak madaniyat,odob-ahloq masalalariga e’ttiborni kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligi ta’kidlandi hamda har bir pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida yuqoridagi masalalarga alohida e’tibor qaratish va yosh avlod qalbi va shuuriga internetdagi tahdidlardan himoya mexanizmlarini chuqur singdirish vazifalari yuklatildi. Taqdimot bahs munozaralar asosida juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

22 fevral 2016 yil, O`qilgan:1405

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Muammoli ta`lim metodining ta`rifi qaysi javobda keltirilgan?

    Javob: Ilmiy bilish jarayonining ob`ektiv qarama-qarshiliklarini aniqlash va ularni hal qilishga qaratilgan, fikrlashga o`rgatish va bilimlarni ijodiy o`zlashtirishga qaratilgan ta`lim metodi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ