Links













Web rating

Department of marketing

O`zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o`tish bilan bog`liq tub isloxatlar, tabiiyki ta’lim sohasini chetlab o`tmagan. Respublika ta’lim tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish, kadrlar bozorini, raqobatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko`rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori (1998 yil) mazkur yo`nalishidagi ishlar uchun me’yoriy-xuquqiy zamin hozirladi.






O`zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o`tish bilan bog`liq tub isloxatlar, tabiiyki ta’lim sohasini chetlab o`tmagan. Respublika ta’lim tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish, kadrlar bozorini, raqobatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko`rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori (1998 yil) mazkur yo`nalishidagi ishlar uchun me’yoriy-xuquqiy zamin hozirladi.

Ushbu qarorga muvofiq Nizomiy nomidagi TDPU rektorinig 1998 yil 26 martidagi 48-U sonli buyrug`i bilan universitet Marketing xizmati bo`limi tashkil etildi, uning nizomi va ish rejasi tasdiqlanadi.

Marketing xizmati bo`limi quyidagi kabi vazifalarni xal etishga chaqirilgan:

- ta’lim muassasalaridan tushgan takliflar asosida «Buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish, talab va takliflarni o`rganish asosida ixtisoslik yo`nalishlariga qabul miqdori haqida takliflar kiritish;

- yangi ixtisoslik yo`nalishlari ochish haqida takliflar kiritish;

- universitetda ta’lim xizmati ko`rsatish bozorni shakllantirish;

- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarini yetuk mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida bitiruvchilar bilan ish olib borish;

- universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ular haqida statistik ma’lumotlar to`plash;

- pulli-shartnoma asosida o`qiyotgan talabalarning pul tushumini nazorat qilish va stipendiya farqlari hisob-kitob ishlari va boshqalar.

MXB yuqorida ko`rsatilgan Vazirlar qarori universitet rektori buyrug`i va MXB nizomi , ish rejalari asosida mahkamasining faoliyat yuritib kelmoqda .

Bo`lim joylardagi Xalq ta’limi bo`limlari , Kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan yaqindan hamkorlik qilib ta’lim muassasalarini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash borasida ish olib boradi .

Bo`lim internetda o`z saytlariga ega:

www.http://tgpumarketing.best-host.ru/

www.http://tdpumarketing.uzgate.com/

Bo`limda bitiruvchilar, ularni ishga joylashtirish, kadrlar talab qilinayotgan ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlar bazasi to`plangan.

Bo`lim shartnoma asosida o`qiyotgan talabalar, ta’lim muassasalari bilan ikki yoki uch tomonlama shartnomalar tuzish, shu asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirmoqda.

Shuningdek, bo`lim pulli-shartnoma shartlari talabalar tomonidan o`z vaqtida bajarilishi, ta’lim uchun to`lovlar talablar yoki buyurtmalar tomonidan vaqtida to`lanishini nazorat qiladi, stipendiya farqlarini qayta hisoblash bilan shug`ullanadi.

Bo`lim o`z oldiga katta maqsadlarni qo`yib, ularni aniq amalga oshirib kelmoqda.

21 June 2013 , 12,944
.


Our projects



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)