library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

8- mart xalqaro xotin-qizlar kuni hamda Zulfiya tavalludiga bag`ishlab tadbir o’tkazildi

29 fevral 2016 yil, 4,720
.

Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb ta’limi fakultetida” 8- mart xalqaro xotin-qizlar kuni hamda Zulfiya tavalludiga bag`ishlab tadbir o’tkazildi.

Kasb ta’lim fakulteti o’qituvchisi dotsent Po`lat Odilov Odilovich tadbirni ochib berdi hamda fakultetimiz kafedralarida yillar davomida o’zining mehnati bilan beminnat xissasini qo’shib kelayotgan ayol ustozlarni bayram bilan qutlab tabriknomalar taqdim qildi. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishi 304-guruh talabalari ijrosida “O’zbekiston gulzor” qo’shig’i jonli ijroda aytildi. Ko’tarinki kayfiyat ulashgan holda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishi 201-guruh talabalari doirada Qobilov Azimjon bilan birgalikda go’zal qizlarimiz xalq laparlarini ijro etdilar.
So’ngra “Nihol” mukofoti sovrindori Davron Ergashev ajoyib kuylari bilan aziz ayollarimiz va latofatli qizlarimizni bayram bilan qutladi.Qalam tebratgan shoirlar ham ayolni sirli qalbini ochib berishga xarakat qilgan. Talaba yoshlarimiz orasida ham shoirlikka davogarlik qilmasalarda lekin shu bugun ayol madhini o’z she`rlarida ifoda etdilar.
“Sehrli qalam” ko’rik tanlovining tuman bosqichi g’oliblari TS-102 guruh talabasi Bo’riyev Jahongir, TS-202 guruh talabasi Mirzayeva Nozimalar ayolga atalgan go’zal she’rlari bilan nafaqat fakultetimiz balki O’zbekistonimizni go’zal qizlarini tabriklab ustozlarimizga gullar tarqatishdi. Ashixara karate sport turi ustasi 103- guruh talabasi Gulyamova Muruvvat va shogirdlari tomonidan ajoyib qiziqarli saxna ko’rinishi ko’rsatishdi. Shogirdlarini taqdirlash uchun univarsitetimiz ma’naviyat bo’limi boshlig’i Q.Mo’ydinov samimiy tilaklari bilan taqdirladilar. Yanada hushkayfiyat ulashish uchun “Nihol” mukofati sovrindori Farrux Komilov o’zining ajoyib kuy-qo’shiqlarini ijro etdi. Tadbir ko`tarinki ruhda o`tdi.

29 fevral 2016 yil, O`qilgan :4720



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar