library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

5 mart 2016 yil, 4,261
.

“Ayol borki olam munnavar” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Chet tillar fakulteti tomonidan “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayol borki olam munnavar” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

2016 yil 4 mart kuni Chet tillar fakulteti tomonidan fakultet hovlisida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning tavalludiga hamda 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab “Ayol borki, olam munavvar!” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani M.A.Mirzaaxmedov, fakultet professor-o‘qituvchilari va Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 4 kurs 404 “A” guruhi talabasi B.B.Isroilova barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklashdi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini O‘.N.Muradov, fakultet murabbiylar kengashi raisi Z.S.Babaeva hamda fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.S.Kinjaeva fakultetda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan va yosh avlodni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalashdagi samarali mehnatlari uchun 44 nafar pofessor-o‘qituvchilarni faxriy yorliqlar va gullar bilan taqdirlashdi. Shundan so‘ng fakultet talabalari tadbir davomida o‘zlari tayyorlagan o‘zbek, rus, ingliz va italyan tillaridagi badiiy chiqishlar va turli tillardagi bayram tabriklari bilan barchani muborakbod etishdi.

AYOLNI ARDOQLA!

Ayolni ardoqla, qoshida egil,

Oyat bil har nafis mujgonlarini,

Ayol, u – volidang, ayol singlingdur,

Ayol sevguchidir o‘g‘lonlaringni.

Ayolni sev, ko‘zlaridan o‘p,

Yuzlarini yuvsin sevinch yoshlari.

***

Ayolni ardoqla, uni hurmat qil,

Mehrob bil ko‘ylagin etaklarini!

Axir, ayollar bor jonini berib –

Omon saqlab qolgan erkaklarini!

Ayolni sev, ko‘zlaridan o‘p,

Yuzlarini yuvsin sevinch yoshlari!

5 mart 2016 yil, O`qilgan:4261



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar