library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

12 mart 2016 yil, 2,544
.

“Ayol borki olam munavvar”

8-mart halqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan Pedagogika va psixologiya fakultetida “Ayol borki olam munavvar” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir fakultetning ayol professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

Pedagogika va psixologiya fakulteti talaba-yigitlar tomonidan bayramona bezatildi. Erta tongdan a’lo kayfiyatda ayol professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlari kutib olinib kayfiyatni ko‘taruvchi lotoreya o‘tkazildi. Bayramning badiiy qismida talaba-yigitlarimiz tomonidan tayyorlangan quvnoq bellashuv hamda ayollarni ulug‘lovchi she’rlar aytildi. 8-mart halqaro xotin qizlar kuni bayrami uchun talaba-yigitlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan maxsus tayyorlangan raqs esa barcha uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Tadbir juda qiziqarli va kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘ldi. Lotoreya g‘oliblariga kitoblar taqdim etildi, tadbir so‘ngida atir gullar orqali bezatilgan “8-mart” tabrigi ham barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

12 mart 2016 yil, O`qilgan:2544



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar