|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Chet tillarni o’rganish tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorini ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorini ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

1. 2013 yil 26 mart kuni soat 12-30 da Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakulteti anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorini izchil amalga oshirish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Chet tillar fakultetida Respublikamiz kasb-hunar kollejlarida ingliz tili fanidan dars beradigan o’qituvchilarni malakasini oshirish maqsadida “Chet tillarni o’qitishda yangi metodika va innovatsiya” mavzusida ilmiy-nazariy seminar o’tkazildi. Tadbir Yoshlar telekanalining “Davr” ko’rsatuvida 28 mart kuni namoyish qilindi.

Bundan tashqari fakultetda “Xorijiy til va adabiyot” (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi bo’yicha Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlari ishlab chiqildi. Xorijiy tillar o’rganish bo’yicha internet portal tuzilmasi ishlab chiqildi va ingliz tilini qisqa muddatda o’rganish bo’yicha metodik tavsiyalar va zarur materiallar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya kengashi xamkorligi asosida 23 fevral’ 2006 yilda tuzilgan loyihasiga binoan Chet tilar fakulteti Ingliz tili Amaliy kursi kafedrasida chet tillarini o’rganishda grammatika, fonetikada zarur bo’ladigan ko’rgazmali qurollar, qo’llanmalar, lug’atlar, ma’ruza materiallari (shu jumladan elektron shaklda ham) ishlab chiqilib, fakultet laboratoriya xonalari va Universitet ARMga topshirildi.

Universitet professori J. Jalolovning 2012y. dekabr oyida Amerika qo’shma shtatlarida Advanced sciences jurnalining 5-sonida “Historical outland of foreign language teaching in Uzbekistan” chop etildi.

Chet tillar fakulteti “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi o’qituvchisi

N. Kadirova «The Advanced SCIENCE open access journal» December 2012, ISSUE 5, “Communicative -Cumulative approach to teaching English as a foreign language” nomli maqolasini Amerika ilmiy jurnalida chop ettirdi.

British Council tomonidan yangi texnologiyalar asosida “What are the goals in Teaching Reading”, “Twelve things that great English teachers do”, “Grammar in context”, “Evaluation of class work and homework-10%” mavzularda dekabr-yanvar oylarida seminar o’tkazildi.

YAngilangan Davlat ta’lim standartlari Xorijiy til va adabiyot yo’nalishi (ingliz, nemis) takomillashtirildi;

Shular bilan bir qatorda Universitet rektorining buyrug’i asosida talabalararo

“Men ingliz tilini bilaman” nomli tanlov o’tkazildi. Tanlovda barcha fakultetlardan 25 dan ortiq loyihalar xay’atga taqdim etildi. Shundan 4 ta loyiha g’olib deb topildi.

Shuningdek Chet tillar fakulteti professor-o’qituvchilarni malakasini yanada oshirish maqsdida ilmiy-amaliy seminar re6jasi ishlab chiqildi. Ushbu ilmiy-amaliy seminarga malakali professor-o’qituvchilar TDPU dan, O’zDJTU ma’ruzalari bilan faol qatnashmoqdalar.

2. Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakultetida 2013 yil 26 aprel kuni O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar YAkkasaroy tuman Kengashlari, YAkkasaroy tuman hokimligi Xotin-qizlar Qo’mitasi, YAkkasaroy tuman Madaniyat ishlari bo’limi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-son qarorini targ’ib etish maqsadida seminar tashkil qilindi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo’mitasi raisi Mamatov A. e. , YAkkasaroy tuman hokimi B. G. Goibnazarov, O’zMTDP Toshkent shahar Kengashi Ijroiya Qo’mitasi devoni rahbari Safarov D. S. , Universitet Ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor Jamoldinova O. R. , Chet tillar fakulteti dekani Ismailov O. Sh. , Chet tillar fakulteti professor-o’qituvchilari va “Xorijiy tillar va adabiyoti (ingliz) ”, “Xorijiy tillar va adabiyoti (nemis) ” tili ta’lim yo’nalishlari 1. 2. 3 kurs talabalari ishtirok etdilar. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad bo’lg’usi chet tillari pedagog kadrlariga Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-son qarori mazmun mohiyatini yaqindan tanishtirish, qarorda keltirilgan bandlarini izchillik bilan amalga qo’llashda professor-o’qituvchilar va talabalar oldida turgan muhim masalalar haqida so’z bordi.

Shuningdek joriy yilning 29 my kuni chet tillar fakultetida TATU, TAQI, TDPU ingliz tili o’qituvchilari uchun “Chet tillarni bilishning umumevropa kompetentsiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Ilmiy-amaliy seminarda umumevropa kompetentsiyalarini mazmun mohiyati hamda bugungi kundagi dolzarbligi haqida so’z yuritildi.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorini izchil amalga oshirish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Chet tillar fakultetida CEFR Yevropa standartini o’quv jarayoniga joriy etish maqsadida fakultet professor – o’qituvchilari hamda Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti ingliz tili o’qituvchilari ishtirokida “Chet tillarni o’qitishning zamonaviy metodikalari” mavzusida 2013 yil 29 may kuni soat 16-00 da ilmiy-nazariy seminar o’tkazildi. Mazkur tadbir O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’naviyat va ma’rifat” kanalida va “Yoshlar” telekanalining “Davr” axborot-informatsion dasturida namoyish qilindi.

20 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:27300

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Chet tillarni o’rganish tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar



  • Pedagogikadan savol

    Oliy ta`lim innovatsion siyosatining asosiy tamoyillaridan biri.

    Javob: Ilmiy va ta`limiy jarayonlarning birligi, jamiyat ravnaqiga yo`naltirilganligi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-28 01:29:33