library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi

15 dekabr 2016 yil, 18,454
Tursunov .

Kafedra 1985 yilda fizika-matematika fakultetining «Matematik tahlil» kafedrasidan «Informatika va hisoblash texnikasi» nomi bilan ajralib chiqqan.



Tashkil topgandan buyon kafedraga quyidagi olimlar:

1985-1986 yillarda- fizika-matematika fanlari nomzodi Y.Y.Rankov,

1986-1996 yillarda texnika fanlari doktori, professor M. Z. Ziyoxujaev,

1997 -1999 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent R. R. Boqiev,

1999-2004 yillarda texnika fanlari doktori, professor Umit Yuldashev,

2004-2010 yillarda f.-m.f.n., dotsent R. R. Boqiev,

2010-2015 yillarda p.f.n., dotsent M. Mamarajabov,

2015 yil 18 iyundan boshlab p.f.n., dotsent S.Tursunov kafedraga mudirlik qilmoqda.

Kafedra tashkil etilganda uning tarkibida professorlar M.Z.Ziyoxo‘jaev, A.A.Abduqodirov, fizika-matematika fanlari nomzodi Y.Y.Rankov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsentlar: R.R.Boqiev, F.Sharipxujaeva, B.Tileuberdiev, D.Qurbonboev, B.Sattorov, F.Zokirova, katta o‘qituvchilar I.Mirmaxmudov, O.Karimov va boshqa professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdilar.

1995 yildan kafedra tarkibiga «Ta’limning texnik vositalari» kafedrasining qo‘shilishi munosabati bilan kafedra «Informatika va ta’limning texnik vositalari» deb nomlana boshladi. Shu munosabat bilan kafedra tarkibi kengayib, unga pedagogika fanlari doktori, dotsent Sh. Axrorov, dotsentlar S. Maxkamov, B. Ganievlar kelib qo‘shildilar. Universitet rektorining buyrug‘iga asosan 2002 yilda kafedra «Informatika va ta’limda axborot texnologiyalari», 2012 yil sentyabridan «Informatika va uni o‘qitish metodikasi», 2015 yil iyundan «Informatika o‘qitish metodikasi» nomiga o‘zgartirildi.

Hozirgi kunda kafedra yetakchi kafedralardan hisoblanib, unda professorlar U. Yuldashev, A. A. Abduqodirovlar, N.Taylaqov, dotsentlar F.Sharipxujaeva, M.Mamarajabov, S.Tursunovlar, fan nomzodlari D.Ziyadullaev, A.Eminovlar, universitet dotsenti Xoldorov B., katta o‘qituvchilar M.Ashurov, A.Primqulova, R.Mexmonov, I.Nazarov, M.Payozovlar va o‘qituvchilar N.Mirzaxmedova, U.Umarova, F.Muxamadieva, SH.Usmonqulov, E.Suyunova, SH.Adinayev va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra a’zolari tomonidan uzluksiz ta’limda informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning va informatika o‘qituvchisini tayyorlashning dolzarb muammolari:

1. Zamonaviy pedagogik va AT kontseptual asoslari, ularni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etishning modellari va metodlari.

2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishning metodik tizimi, mazmuni va texnologiyalari.

3. Informatikani o‘qitishda fanlararo aloqadorlik, uzviylik va uzluksizlik muammolari.

4. Informatika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik va amaliy asoslari mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda.

Bugungi kunda kafedra a’zolari bilan hammualiflikda yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanma va elektron darsliklar ta’lim tizimining barcha bosqichlarining o‘quv jarayonida qo‘llanilmoqda. Jumladan: A. Abduqodirov – Axborot texnologiyalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik), U.Yuldashev, R.Boqiev, F.Zokirovalar - Informatika (kasb-hunar kollejlari uchun darslik), M.Mamarajabov, S.Tursunov – Kompyuter grafikasi va web-dizayn (pedagogika OTMlari uchun darslik), U.Yuldashev, M.Mamarajabov, S.Tursunov – Pedagogik web-dizayn (pedagogika OTMlari uchun o‘quv qo‘llanma), R.Boqiev - «Informatika» (kasb hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma), M.Mamarajabov, M.Qurbonova –«Informatika»(kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma), L.Nabiulina- «Zamonaviy dasturlash tillari» (bakalavriat yo‘nalishlari uchun) nomli o‘quv qo‘llanmalari amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.

Kafedrada ilmiy-nazariy seminar va talabalar uchun informatikadan to‘garaklar ishlab turibdi. Har yili o‘nlab talabalar kurs va bitiruv malakaviy ishlarini yozadilar. Kafedraning sobiq talabalaridan M. Mamarajabov, S. Tursunov, L.Nabiulina, A. Eminovlar ilmiy ishlarini yakunlab nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Kafedra faoliyati davomida boshqa o‘quv muassasalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Jumladan 2 ta maktab bilan, 8 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. Ularga metodik va amaliy yordam berib kelinmoqda.

Kafedra ilmiy va ilmiy-metodik ishlarni olib borishda Qori-Niyoziy nomidagi O‘zPFTI, Respublika ta’lim markazi, Is’tetod markazi, Andijon DU, Guliston DU, Nukus pedagogika institutlari bilan hamkorlik qilinadi.

Kafedrada «Informatika o‘qitish metodikasi» yo‘nalishidagi 20 dan ortiq mutaxasislik fanlari, universitetet fakultetlarining 1, 2 - kurslarida «Informatika va axborot texnologiyalari», «Ta’limda axborot texnologiyalari», «O‘quv jarayonida amaliy dasturlardan foydalanish», «Internet texnologiyalari», «Masofaviy ta’lim texnologiyalari» fanlaridan mashg’ulotlar olib boriladi.

Bugungi kunda 2 nafar o‘qituvchilar Xaytullaeva N. va To‘raev B. (maqsadli) katta ilmiy xodim sifatida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Mustaqil izlanuvchilar sifatida 1 nafar o‘qituvchi (Turaqulova A.) faoliyat ko‘rsatmoqda.

2016-2017-o'quv yilida kafedrada 2 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsent, 10 nafar katta o'qituvchi, 6 nafar o'qituvchi faoliyat yuritmoqda.

15 dekabr 2016 yil, O`qilgan :18454



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

«Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»

28 aprel 2017 yil

2017 yil 26 aprеl kuni Informatika oʻqitish mеtodikasi kafеdrasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi

23 fevral 2017 yil

Kafedra tarixi

26 dekabr 2016 yil

Kafedra tarixi

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

26 dekabr 2016 yil

Informatika o'qitish metodikasi kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyati

Ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy faoliyat

26 dekabr 2016 yil

Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy faoliyati

O'quv faoliyati

26 dekabr 2016 yil

Informatika o'qitish metodikasi kafedrada o'qitiladigan fanlar ro'yxati

Ilmiy metodik faoliyat

26 dekabr 2016 yil

Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi ilmiy metodik faoliyati

Kafedra tarkibi

26 dekabr 2016 yil

Kafedraning ilmiy salohiyati: ilmiy daraja, ilmiy unvonga ega bo’lgan professor-o’qituvchilarning umumiy o’qituvchilar soniga nisbati 24 % ni tashkil qilib, ulardan 2 nafari fan doktori, professor; 2 nafari fan nomzodi, dotsent; 1 nafar fan nomzodi; 8 nafar katta o`qituvchi, 9 nafar o`qituvchidan iborat.


Bizning loyihalar

        

Tursunov Samar Quziyevich
Kafedra mudiri
pedagogika fanlari nomzodi