Foydali manbalar













OTM web-reytingi



Informatika o`qitish metodikasi

Tursunov
Samar
Quziyevich

Kafedra mudiri
Fan nomzodi
pedagogika fanlari nomzodi
Tursunov Samar Quziyevich - 1978 yil 13 noyabrda Samarqand viloyati Katta-qo'rg'on tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2000 yilda Nizomiy nomidagi TDPU matematika-informatika yo'nalishini (bakalavriat), 2002 yilda Informatika mutaxassisligi bo'yicha magistraturani tugallagan. Mehnat faoliyatini 2000 yilda Toshkent Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o'qituvchilikdan boshlagan. 2003 yilda TDPU Axborot texnologiyalari markazi metodisti, 2009 yildan muhandis-dasturchi bo'lib ishlash bilan birga Ta'limda axborot texnologiyalari kafedrasida o'rindosh o'qituvchi. 2011 yildan esa Informatika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2012 yildan kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2014 yildan Informatika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 2015 yildan Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2011 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2014 yilda OAK dotsent ilmiy unvonini olgan. 70 dan ortiq ilmiy ishlar e'lon qilgan. Bitta darslik, bitta o'quv qo'llanma, 20 dan ortiq maqola, 30 dan ortiq tezis, 10 dan ortiq dasturuy mahsulotlarga guvohnoma va 5 ta uslubiy qo'llanma muallifi.

Xaytullayeva
Nafisa
Saxobiddinovna

Katta o`qituvchi
Magistr
-
Xaytullayeva Nafisa Saxobiddinovna, 1980 yil 15 fevralda Toshkent viloyati Parkent tumani ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati о‘zbek.
1998 – 2002 yilda Nizomiy nomidagi TDPU ning “Fizika – matematika” fakultetini “Matematika va informatika” mutaxassisligi bо‘yicha bakalavriaturani, 2002 – 2004 yilda “Informatika” mutaxassisligi bо‘yicha magistraturani tugatgan. О‘qish bilan bir qatorda “Informatika va TAT” kafedrasida о‘rindosh о‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan.
2004-2012 yillarda “Informatika va TAT” kafedrasida asosiy shtatda о‘qituvchi lavozimida, 2012 yil yanvar oyidan boshlab TDPUning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Informatika) bо‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchisi bо‘lganligi sababli shu kafedrada о‘rindosh о‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2014 yildan shu kunga qadar "Informatika o'qitish metodikasi" kafedrasida katta o'qituvchi о‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
2009 – 2011 yillarda fakultet “Xotin – qizlar kengashi” raisasi sifatida faoliyat yuritgan.
AI-033 - “Axborotni tasnifi va taxlil, hamda bilimlarni testli nazoratning funksiyalarini kengaytiruvchi intellektual avtomatlashtirilgan о‘qitish tizimi” nomli amaliy loyihada katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimida ilmiy-tadqiqot ishini bajargan.
N.Xaytullayeva 40 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan, shu jumladan: 3 ta metodik qo‘llanma va 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Respublika hamda xorijiy ilmiy jurnallarda, hamda ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida e’lon qilingan. Shulardan 1 ta maqola AQShda va 1 ta maqola Rossiya jurnallarida chop etilgan.
Hozirda 13.00.07 – Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Informatika) bо‘yicha "Bo'lajak Informatika о‘qituvchilarini metodik tayyorlash tizimida Web texnologiyalardan foydalanish" mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Akramov
Eldor
Anvarovich

O`qituvchi
Magistr
Men Akramov Eldor Anvarovich 1985 yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2008 yil Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Axborot Texnologiyalari fakulteti Axborot xavfsizligi mutaxassisligi yo'nalishini (bakalavriat), 2014 yil Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Mexanika-Matematika fakulteti Axborot xavfsizligi mutaxassisligi bo'yicha magistraturani tugallagan. 2006-2008 yillarda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Axborot Texnologiyalari markazida Texnik dasturchi, Dasturchi muhandis, Programmist lavozimida. 2008-2010 O'zDJTU uchtepa Akademik Litseyda Informatika va Axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi va programmist dasturchi lavozimida. 2010-2011 yillarida 2-Toshkent Yuridik kollejida Informatika va Axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi lavozimida. 2011-2012 yillarida 1-Respublika tibbiyo kollejida Informatika va Axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi lavozimida. 2012-2015 yillarida Toshkent Mexmonxona Xo'jaligi va Servis kollejida Informatika va Axborot texnologiyalari, Dasturlash, Web-dezayin, Kompyuter tarmoqlari, Kompyuter grafikasi, Operatsion tizimlar va Dasturlash fanlari o'qituvchisi lavozimida. 2015-2016 yillari Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Mexanika-Matematika fakulteti Axborot xavfsizligi kafedrasi o'qituvchisi lavozimida. 2016 yilda Toshkent Mexmonxona Xo'jaligi va Servis kollejida Informatika va Axborot texnologiyalari kafedra o'qituvchisi lavozimida. 2017 yildan esa Informatika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi.
E.Akramov 200 dan ortiq maqolalari gazeta va jurnallarda e’lon qilgan, shu jumladan: 2 ta metodik qo‘llanma va 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Respublika ilmiy jurnallarda, hamda ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida e’lon qilingan.

Bobojonov
Saloxiddin
Sobitdjonovich

O`qituvchi
Magistr
Katta ilmiy hodim izlanuvchi
Mediasavodxonlik ko’nikmalariga ega bo’lgan inson mediamatnlarni qabul qilish, tahlil qilish, baholash va yaratish qobiliyatlarga ega bo’ladi, ulardagi ijtimoiy¬, madaniy va siyosiy jabxalarni tushuna oladi.

Чтобы быт по-настоящему грамотными,
Вы должны быть грамотными в мире медиа.

Kudratov
Kozim
Karimovich

O`qituvchi
Magistr

Maxamatova
Zulfiya
Komiljonovna

O`qituvchi
Magistr
-
Maxamatova Zulfiya Komiljonovna 1983-yil Toshkent viloyati Zangiota tumanida ziyolilar oilasida tug'ilgan. 1998-yilda Zangiota tumanidagi 40-maktabni, 2000-yilda Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi pedagogika litseyini, 2004-yilda Nizomiy nomidagi TDPU fizika-matematika fakulteti matematika va informatika yo'nalishining bakalavr bosqichini, 2006-yilda magistratura bosqichini 2011-yilda asperantura bo'limini tamomlagan.
2014 yildan Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi.



Mexmonov
Rustamxon
Yusuf-ug`li

O`qituvchi
Magistr
-
Мехмонов Рустамхон Юсуф-уғли 1979 йилда Наманган вилояти Чуст туманида зиёли оиласида туғилган. Миллати ўзбек. 2001 йилда Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети физика-математика факультетининг “математика-информатика” йўналиши бўйича бакалавриатни тамомлаб, 2001-2003 йилларда “Информатика” йўналиши бўйича магистратурада таълим олган. 2003-2014 йилларда “Информатика ўқитиш методикаси” кафедрасида асосий штатда ўқитувчи лавозимида ишлаган. 2014-2016 йилларда физика-математика факультети маънавий-маърифий ишлар бўйича декан муовини лавозимида ишлаган. 2016 йил 2 сентябрдан яна “информатика ўқитиш методикаси” кафедрасида ўқитувчи лавозимида ишлаб келмоқда.
У кафедрада информатика, инорматика ва ахборот технологиялари, ахборот тизимлари, копьютернинг замонавий техник ва дастурий таъминоти, компьютер графикаси ва дизайн, компютер таъминоти, компьютер тармоқлари ва бошқа фанлардан маъруза, амалий ва лаборатория машғулотларини олиб боради. У ўз фаолияти давомида бир нечта мақолалар, тезислар, ўқув қўлланмаларга муаллифлик қилди.
У хозирда п.ф.д., проф. А.А.Абдуқодиров раҳбарлигида “Бошланғич компьютер саводхонлиги” фани учун педагогик дастурий таъминот яратиш ва улардан таълимда фойдаланиш методикаси мавзусида илмий ишини олиб бормоқда.

Razzokov
Rishod
Abdumuminovich

O`qituvchi
Magistr
Razzokov Rishod Abdumuminovich 1990-yil 18-martda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ishchi oilasida tug'ilgan. 2006-yil Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabini 2009- yil Sariosiyo qishloq xo'jalik kasb xunar kollejini bitirgan 2009-yil Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining fizika-matematika fakulteti matematika-informatika ta'lim yo'nalishiga o'qishga kirib 2013 yilda a'lo baholarga bitirgan 2013- yil shu universitetning Ta'limda axborot texnalogiyalari magistratura yo'nalishini tamomlagan 2015 yildan Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

Shazadayev
Farhod
Alim
o'g'li

O`qituvchi
Magistr

Tajibaeva
Jannat
Jamalitdinovna

O`qituvchi
Magistr
-
Tajibayeva Jannat Jamalitdinovna 1984-yil Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida ziyolilar oilasida tug'ilgan. 2001-yil Quyi Chirchiq tumanidagi 16-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabini, 2002-yil Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining fizika-matematika fakulteti matematika-informatika ta'lim yo'nalishiga o'qishga kirib 2006 yilda a'lo baholarga bitirgan 2008- yil shu universitetning Ta'limda axborot texnalogiyalari magistratura yo'nalishini tamomlagan 2016 yildan Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

Mamarajabov
Mirsalim

Dotsent
Fan nomzodi
pedagogika fanlari nomzodi
Mamarajabov Mirsalim Elmirzayevich 1972 yil 18 fevralda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda shu tumandagi 41-maktabni tugatgan. 1989 yilda Nizomiy nomli TDPU ning fizika-matematika fakultetiga «matematika-informatika» ixtisosligi bо‘yicha о‘qishga kirib, 1994 yilda muvofaqqiyatli tamomladi. 1994-1996 yillarda Nizomiy nomidagi TDPI «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kafedrasi laboranti, 1996-2000 yillarda Nizomiy nomidagi TDPI «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kafedrasi qoshidagi «Axborot hisoblash markazi» direktori, muhandisi lavozimlarida, keyinchalik shu kafedra aspiranti, 2000 -2003 yillarda kafedra о‘qituvchisi, 2003-2006 yillarda katta о‘qituvchi, 2006-2009 yillarda shu kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2009 yil iyun oyidan boshlab kafedra dotsenti, 2010-15 yillar kafedra mudiri, 2015 yildan hozirgi kungacha kafedra dotsenti lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Mamarajabov Mirsalim Elmirzayevich ilmiy tadqiqot ishlarini 2004 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi K.067.18.01 Birlashgan ixtisoslashgan kengashda 13.00.02 - informatika о‘qitish nazariyasi va uslubiyati ixtisosligi bо‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va OAK tomonidan 2005 yil 25 fevralda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi, 2009 yil 24 iyunda dotsent ilmiy unvonini olgan.
Hozirgi kungacha 70 dan ortiq tezis, ma’ruzalar, va nufuzli jurnallarida ilmiy-maqolalari chop etilgan. Magistratura mutaxasisligi, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari uchun 1 ta darslik, 10 ta о‘quv va metodik qо‘llanma, 2 ta elektron darslik, kafedrada о‘qitiladigan fanlardan fan dasturlarining hammuallifi.

Xoldorov
Hikmatulla
Axmetovich

Dotsent
Fan nomzodi
Texnika fanlari nomzodi

Fayziyeva
Mahbuba
Rahimjanovna

O`qituvchi
Fan nomzodi
педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори
Fayziyeva Mahbuba Raximjanovna 2003 yilda Nizomiy nomidagi TDPU matematika-informatika yo'nalishini (bakalavriat), 2005 yilda О‘zbekiston Milliy universiteti amaliy matematika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo'yicha magistraturani tugallagan. Mehnat faoliyatini 2001 yilda Shayxontoxur tumani 76-maktabda o'qituvchilikdan boshlagan. 2002-2003 yilda Sergeli politexnika KXK о‘qituvchisi, 2003-2004 yillar Moliya akademik litseyi о‘qituvchisi, 2005 yildan TDPUda muhandis-dasturchi bo'lib ishlagan. 2015-2018 yillar Bosh ilmiy-metodik markaz tayanch doktoranti va shu bilan birga TDPU QT va MO markazi о‘qituvchisi. 2018 yildan Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi о‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 2002 yilda M.Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. 2017 yilda pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 40 dan ortiq ilmiy ishlar e'lon qilgan. Bitta o'quv qo'llanma, 20 dan ortiq maqola, 10 dan ortiq tezis, 8 dan ortiq dasturuy mahsulotlarga guvohnoma va 5 ta uslubiy qo'llanma muallifi.

Abdukodirov
Abduqaxxor

Professor
Fan doktori
pedagogika fanlari doktori
Abduqodirov Abduqahhor Abduvakilyevich - 1946 yil 2 fevralda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 1969 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini kunduzgi bo'limini tugallagan. Mutaxassisligi matematika va chizmachilik o'qituvchisi. Pedagogika fanlari doktori, professor.
1964-1969 йй. - Тошкент давлат педагогика институти талабаси
1969-1970 йй. - Тошкент давлат педагогика институти математик таҳлил кафедраси ўқитувчиси
1970-1971 йй. - Ҳарбий хизматда
1971-1992 йй. - Тошкент давлат педагогика институти математик таҳлил, информатика кафедраларининг ўқитувчиси, катта ўқитувчиси, доценти, профессори, математика факультети декан ўринбосари
1991-1993 йй. - Тошкент давлат педагогика институти халқ таълимини бошқаришнинг илмий асослари кафедраси мудири
1993-1996 йй. - Қори Ниёзий номидаги Ўзбекистон педагогика фанлари илмий-тадқиқот институти директор муовини
1996-2001 йй. - Тошкент давлат педагогика институти ўқув ишлари бўйича проректори
2001-2002 йй. - Тошкент давлат педагогика институти академик лицей ва касб-ҳунар коллеж ва маркетинг хизматлари бўйича биринчи проректори
2002-2003 йй. - Қори Ниёзий номидаги Ўзбекистон педагогика фанлари илмий-тадқиқот институти директори
2003-2016 йй. - Ўзбекистон Республикаси Президентининг истиқболли ёш педагог ва илмий кадрлар малакасини ошириш “Истеъдод” жамғармаси қошидаги Масофали ўқитиш маркази директори
2016 й. - ҳ.в. - Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети информатика ва уни ўқитиш методикаси кафедраси профессори

Xoldorov
Botirali
Ikramovich

Dotsent
1
Холдаров Ботирали Икромович 1955 йил 23- январда Тошкент вилояти, Қуйи Чирчиқ туманида туғилган. 1972 йили Қуйи Чирчиқ туманидаги 4-сонли ўрта мактабни тамомлаб, 1973-1975 йилларда Забайкалье харбий Округида харбий хизматни ўтади. 1975-1976 йилларда Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика институти қошидаги тайёрлов бўлимини муваффақиятли тамомлаб математика факультетининг 1-курсига ўқишга қабул қилинди. 1986 йили математика факультетини тамомлагандан сўнг 1986-1988 йилларда факультетнинг математик анализ кафедрасида изланувчи-тадқиқотчи бўлиб фаолият юритган. 1988 йилдан Информатика ТАТ кафедрасида ўқитувчи лавозимида ишлашни бошлаган. 1989-1996 йилларда бошлаб маънавий-маърифий ва тарбиявий ишлар бўйича декан муовини, 1996-2002 йилларда университет бирлашган касаба уюшмаси раисининг профессор-ўқитувчилар бўйича муовини, 2002-2006 йилларда университет ички-назорат ва мониторинг бўлими методисти, 2006-2010 йилларда мазкур бўлимнинг бошлиғи сифатида фаолият олиб борди. 2011-2015 йилларда эса университет АТМ бошлиғи сифатида ва 2015 йилдан шу кунга қадар Информатика ўқитиш методикаси кафедрасида доцент лавозимида фаолият юритиб келмоқда.

Adinaev
Sherzod

Katta o`qituvchi
-
Адинаев Шерзод Шералиевич 1980 йил 20 октябрда Самарқанд вилояти Пахтачи туманида ўқитувчилар оиласида туғилган.
1998-2002 йилларда Низомий номидаги ТДПУ “Физика-математика” факультети талабаси, 2002-2004 йилларда Низомий номидаги ТДПУ магистратура талабаси, 2004-2013 йилларда Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети “Информатика ва таълимда ахборот технологияси кафедраси ўқитувчиси, 2004-2008 йилларда Низомий номидаги ТДПУ “Физика-математика” факультети маънавий, ахлоқий ва тарбия ишлари бўйича декани муовини, 2013-2015 йилларда Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети информатика ва уни ўқитиш методикаси кафедраси ўқитувчиси, 2015 йилдан бошлаб Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети информатика ўқитиш методикаси кафедраси катта ўқитувчиси лавозимларида ишлаб келмоқда.

Ashurov
Muxiddin
O'ljayevich

Katta o`qituvchi
Men 13.09.1959 yili Parkent rumanidagi Nevich qishlog'lida tug'ilganman, 4- nafar farzandim va 4-nabiram bor, asosan dasturlash tillari fani bilan qiziqaman. Shogirdlarim dasturlash fani bo'yicha o'tkazilgan olimpiadalar g'olibi bo'lishgan. 6-ta uslubiy va 1-ta o'quv qo'llanma hamda 1-ta elektron darslik muallifiman.

Mirzaxmedova
Nargiza

Katta o`qituvchi
-
Mirzahmedova Nargiza Dilmurodovna 1981-yil 1-fevralda Toshkent viloyati Parkent tumanida ziyolilar oilasida tug'ilgan. 1987-yil Parkent tumanidagi 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabini 1998- yil
Parkent tumanidagi litsiyni bitirgan 1998-yil Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining fizika-matematika fakulteti matematika-informatika ta'lim yo'nalishiga o'qishga kirib 2001 yilda a'lo baholarga bitirgan 2004- yil shu universitetning Informatika magistratura yo'nalishini tamomlagan 2004 yildan Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi va 2015 yildan katta o'qiyuvchisi.

Nazarov
Ilxom

Katta o`qituvchi
-
Nazarov Ilxomjon Usmonalievich 1967 yil 19 fevralda Namangan viloyati Kosonsoy shahrida ziyoliy oilasida tug’ulgan. 1984 yili Kosonsoy shahridagi №7 sonli umumiy o’rta talim maktabini a’lo baholarga bitirgan. Shu yilning o’zida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universitetining fizika-matematika fakulteti matematika-informatika ta'lim yo'nalishiga o'qishga kirib 1991 yilda a'lo baholarga bitirgan. 1999 yildan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining fizika-matematika fakulteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasiga o’qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2014 yildan boshlab kafedraning katta o’qtuvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Primkulova
Alima

Katta o`qituvchi
-
Primqulova Alima Asetovna 1968-yil 21 - noyabrda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida ishchilar oilasida tug'ilgan. 1985 yilda Quyichirchiq tumanidagi 17-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabini, 1991 yil Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakulteti matematika va informatika ta'lim yo'nalishini imtiyozli tamomlagan.1991 - 1992 yillarda mazkur universitetning "Algebra va sonlar nazariyasi" kafedrasida katta laborant lavozimida faoliyat boshlagan. 1992-1994 yy. "Informatika va TAT" kafedrasining stajyor-tadqiqotchisi, 1994-1997 kafedra aspiranti sifatida izlanishlar olib borgan. 1997 yildan kafedrada o`qituvchi, 2003 yildan katta o`qituvchi lavozimlarda faoliyat olib bormoqda.

Sattarova
Shoira
Agzamdjan
qizi

O`qituvchi
Men Sattorova Shoira Agzamdjan qizi 1990 yil 23 mayda Toshkentda tavallud topganman. 2009-2013 yillar - Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti talabasi bo'lganman. 2013-2015 yillar- Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti magistranti bo'lganman. 2015 yil 2 sentabrdan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Fizika-matematika fakulteti “Informatika o'qitish metodikasi” kafedrasi o'qituvchisi bo'lib faoliyat olib bormoqdaman.Hozirgi kunda "Informatika va At", mutaxassislik fanlaridan "Informatika", "Algoritmlar", "MBBT", "Informatika o'qitish texnologiyalari va loyihlashtirish", "Kompyuter grafikasi va Web-dizayn" kabi fanlardan dars berib kelmoqdaman. Bundan tashqari lmiy ish ustida muntazam faoliyat olib bormoqdaman. Hozirgi kunda ilmiy maqola, ilmiy tezislar chop etmoqdaman. Hammualliflikda "Algoritmlar" nomli o'quv qo'llanma tayyorladim. Ingliz tiliga qiziqishim baland. Hozirda qo'shimcha kurslarda tayyorlanmoqdaman.

Usmonkulov
Sherzod

O`qituvchi
Toshkent viloyati Piskent tumani 12.03.1980. Informatik, Informatika va AT, Axborot tizimlari, Kompyuter tarmoqlari, Pedagogik dasturiy vositalar va ularni yaratish texnologiyalari, Ma’lumotlar va bilimlar bazasi, ularni boshqarish tizimlari, 1999-2003 yillarda bakalavr va 2003-2005 yillarda magistraturani tamomlagan. 2005 yildan Informatika o'qitish metodikasi kafedrasida o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunga qadar 20 dan ortiq maqolalar, 1 ta elektron darslik va 1 ta o'quv qo'llanmaga mualliflik qilgan.

Vibornov
Sergey

O`qituvchi
Vybornov Sergey Axtyamovich.
2015 yil 27 avgustdan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Informatika kafedrasida dars beradi. 1979 yil 19-iyunda Toshkent viloyati, Krasnogorsk shahrida tug'ilgan. Milliyat Ukraina.
Oliy ma'lumot.
2000 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini matematika va informatika yo'nalishi bo'yicha tamomlagan, 2002 yilda esa kompyuter fanlari bo'yicha magistraturani tamomlagan.
1996-2000 yillar - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi
2000-2002 yillar - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistri
2002-2005 yillar - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti informatika va o'qitish metodikasi kafedrasining o'qituvchisi
2005-2013 yillar - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti axborot texnologiyalari markazida dasturiy ta'minot muhandisi
2013-2015 yillar - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti informatika va o'qitish metodikasi kafedrasining o'qituvchisi
2015 - 2017 yillar - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kompyuter fanlarini o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
2017 yil - hozirgi Kafedraning katta o'qituvchisi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida kompyuter fanlarini o'qitish metodikasi

Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering