Foydali manbalar













OTM web-reytingi

BIZ BIRLASHIB KATTA KUCHMIZ!

O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati mamlakatimiz yoshlarini ixtiyoriylik, oshkoralik, huquq va majburiyatlar tengligi tamoyili asosida birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir. Harakat o‘z safiga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlarini birlashtiradi.






Harakatning asosiy maqsadi – mamlakatimiz yoshlarini ozod va obod Vatan yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtirish, milliy g‘oyamizga tayangan holda mustaqil O‘zbekistonning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni, bozor iqtisodiyoti asoslarini chuqur egallagan yoshlarni voyaga yetkazishga har tomonlama ko‘maklashish, o‘sib kelayotgan avlodning inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, xalqimizning obro‘si va nufuzini, yurtimizning shon-shuhratini oshirishga xizmat qiladigan uzoq muddatli keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir. Ozbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yil 25 yanvar kuni yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidentining kiritgan takliflariga asosan «Kamolot» yoshlar jamg‘armasi asosida tashkil etildi. “Kamolot” YIH BT faoliyatini takomillashtirish hamda “Kamolot” YIH BT tashkil etilganligining 15 yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida allaqachon tashviqot-targ‘ibot ishlari о‘z ishini boshladi. Shu munosabat bilan fakultetda kunning ikkinchi yarmida talabalarning darsdan keyingi bo’sh vaqtini mazmunli, samarali, qiziqarli o’tkazish maqsadida ilk bora barcha akadem-guruh talabalari o’rtasida yо‘lga qо‘yilgan  “KAMOLOT BILIMDONI” deb nomlanuvchi tanlov tashkil etildi. Tanlovni fakultet dekani f.f.n., dots. Azimov Inomjon ochib berib, talabalarni darsdan keyin talabalik davridan esdalik bо‘lib qoladigan ana shunday tanlovlarda faol ishtirok etishlarini ta’kidlab, 102 hamda 105-guruh talabalariga omad tiladilar. Bunday tanlovlarni tashkil etishda fidoyilik kо‘rsatayotgan fakultet talabalar dekani Amriddin Ikromovga, fakultet “Kamolot” YIH yetakchisi Shohida Xо‘jamberdiyevaga, fakultet “Kamolot” YIH eng faol tashkilotchilaridan Madina Alimovalarga о‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tanlovning ilk soni 2016-yil 24 mart kuni fakultetning 2-11-xonasida 102-guruhning “Shijoat” hamda 105-guruhning “Barkamol avlod” jamoalari о‘rtasida о‘tkazildi. Unda har bir guruhdan iborat 5 nafar talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar bir-biridan qiziqarli 5 ta shart bо‘yicha о‘zlarining iste’dodlarini namoyish etdi. Har bir shart belgilangan vaqt oralig‘ida amalga oshirildi. Tanlov ishtirokchilari “Kamolot” YIH BT haqidagi ma’lumotlarni boshlang‘ich tashkilotga qaratilgan shartlarni о‘zgacha tayyorgarlikda namoyish etib, faol ishtirok etishdi. Tanlov natijalariga kо‘ra “Shijoat” jamoasi – 16 ochko, “Barkamol avlod” jamoasi esa 36 ochko tо‘plashdi. 105-guruhning “Barkamol avlod” jamoasi eng yuqori ochko bilan о‘yin g‘olibiga aylandi. О‘yin sо‘ngida barcha ishtirokchilarga rag‘batlantiruvchi tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar taqdim etildi. G‘olib bо‘lgan jamoa sardoriga esdalik kо‘krak nishoni topshirildi.

 

Tanlov tashkilotchilari: Amriddin Ikromov,

Shohida Xо‘jamberdiyeva, Madina Alimova.

 

26 mart 2017 yil, 2,972
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering