Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Kamolot aksiyasi” tashkil etildi

“Kamolot” YIH BT faoliyatini takomillashtirish hamda “Kamolot” YIH BT tashkil etilganligining 15 yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida ustozlar va talabalarning ertalabki kayfiyatlariga kayfiyat qo‘shish maqsadida haftaning har Juma kuni soat 8:30 dan 8:55 gacha an’anaviy “Kamolot aksiyasi” tashkil etildi.




Aksiyaning ilk kuni 2016-yil 25-mart kuni fakultet binosi oldida o‘tkazildi. Aksiya shartlari oddiy, shu vaqt oralig‘ida tashrif  buyurgan ustozlar va talabalar “Kamolot” YIH tashkilotchilari tomonidan tayyorlangan boshlang‘ich tashkilotga tegishli hamda turli sohalarga oid savollarga to‘g‘ri javob bersagina esdalik sovg‘a bilan taqdirlanadi. Bu har bir ustozning yo talabaning bilimlarini charxlashga, bilmagan narsalarini bilishga, “Kamolot” YIH BT bilan yaqindan tanishishga, eng asosiysi, ularning tongi kayfiyatlarini, ko‘ngillarini ko‘tarishga ozgina bo‘lsada hissa qo‘shgan bo‘lsak, demakki fakultetda “Kamolot” YIH ning faoliyati samarali borayotgani ko‘zga tashlanadi. Aksiyada 60 dan ortiq talabalar ishtirok etib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday aksiyalarni, tanlovlarni tez-tez o‘tkazilib turishi biz talabalarning bilimlarimizni oshirishga, o‘z ustimizda izlanishga, asosiysi kayfiyatimizga quvonch baxsh etishiga turtki bo‘ladi deydi 203-guruh talabasi Saidova Gulnoza. Aksiya har hafta Juma kuni tongida bo‘lib o‘tadi. Barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz.

“Kamolot aksiya”si  tashkilotchilari: Amriddin Ikromov,

Shohida Xо‘jamberdiyeva, Madina Alimova.

 

26 mart 2017 yil, 4,238
.

O`xshash maqolalar












Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)