|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Butun jahon Universiada sport musobaqasiga yollanmasi qo`lga kiritildi

2013 yil 6 iyul kuni Rossiyaning Qozon shahrida 17-butunjahon yozgi Universiada musobaqalari boshlandi. Ishtirokchilar orasida 56 nafar Ozbekistonlik sportchi talabalar ham bolib, ularning tarkibida universitetimizning ikki nafar talabasi Boshlangich talim va jismoniya madaniyat fakultetidan M. Azmetov va Ye. Pekutlarning borligi quvonarli voqeadir.

Prezident Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq talim modeli asosida, oquvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga uzluksiz jalb qiladigan, umumtalim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oquvchilari hamda oliy talim muassasalari talabalarining "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" ommaviy sport musobaqa-larini oz ichiga olgan uch boginli yagona tizim tashkil qilindi va amaliyotga joriy etib kelinmoqda.

Mamlakat aholisining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish orqali soglom turmush tarzini taminlash, turli ijtimoiy illatlarning oldini olish maqsadida uch boginli yagona sport tizimi negizida ommaviy sport harakatining milliy modeli ilmiy asosda tuzildi.

Ommaviy sport harakati milliy modeli quyidagi tamoyillarga asoslandi:

- aholining barcha qatlamlarini kundalik sport harakatiga jalb etib, soglom turmush tarzini taminlash va millat genofondini soglomlashtirish;

- mamlakat aholisining yoshi, hayotiy konikmasi, bilimi, ijtimoiy holati, imkoniyati, sharoiti, mustaqil harakat-lanishining inobatga olinganligi;

- model barcha boginlari uzviy va mantiqiy boglanganligi;

- modelning funktsional maqsadi amalga oshishi bilan oquvchi va talaba-yoshlar orasidan yuqori malakali, Vatanga mehr-muhabbati yuksak, oz mamlakati obrosi uchun munosib kurasha oladigan iqtidorli sportchilar yetishib chiqishi.

Mazkur tizim talim muassasalarida ommaviy sportni yuqori pogonalarga kotarishga turtki boldi. 2013 yil 6 iyul kuni Rossiyaning Tatariston avtonom respublikasi poytaxti Qozon shahrida 17-butunjahon yozgi Universiada musobaqalari boshlandi. 162 mamlakatdan kelgan 9 mingdan ortiq ishtirokchilar orasida 56 nafar Ozbekistonlik sportchi talabalar ham bolib, 351 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradilar. Ozbekiston sport delegatsiyasi tarkibida universitetimizning ikki nafar talabasi Boshlangich talim va jismoniya madaniyat fakultetidan M. Azmetov va Ye. Pekutlarning borligi quvonarli voqeadir. Ishonamizki ular musobaqalarda bor mahoratlarini ishga solib, shohsupaning yuqori pogonalariga kotariladilar va Ozbekiston shuhratiga shuhrat qoshadilar.

Mazkur universiadada Baydarka va kanoeda eshkak eshish boyicha Respublikamiz terma jamoasi azosi Jismoniy madaniyat talim yonalishi 101-guruh talabasi Azmetov Murodjon Sobirjon ogli ham ishtirok etadi.

Azmetov Murodjon Sobirjon ogli bir qator nufuzli musobaqalarda ishtirok etgan va faxrli oyinlarni egallagan.

Jumladan 2012 yil 18-22 oktyabr kunlari Baydarka va kanoeda eshkak eshish boyicha Samarqand shahrida bolib otgan Samarqand yulduzlari birinchi halqaro musobaqada S-4-1000 m masofa faxrli 1-orinni, S-2-1000 m masofa faxrli 2-orinni, S-2-500 m masofa faxrli 2-orinni egalladi.

2013 yil 17-21 aprel kunlari Baydarka va kanoeda eshkak eshish boyicha Samarqand shahrida bolib otgan butun jahon universiadasiga saralash vazifasini otaydigan Ozbekiston chempionatida musobaqasida S-4-1000 m masofa faxrli 1-orinni, S-1-5000 m masofa faxrli 2-orinni egallab, Rossiyaning Kazan shahrida bolib otadigan butun jahon Universiadasiga yollanmani qolga kiritdi.

Bugunga kelib Ozbekiston terma jamoasi hisobida sportchilarimiz uchta bronza medalini qolga kiritishdi. Belbogli kurash boyicha 75 kg vazn toifasida Zaylobiddin Ortiqov, 90 kg vaznda esa Nozimjon Ibrohimov, dzyudo boyicha -100 kg vaznda Sohib Qurbonovlar uchinchi orinni qolga kiritib, Universiada shohsupasidan joy oldilar.

Xotin-qizlar ortasidagi ogir atletika bahslarida Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Mahliyo Togaeva tortinchi orinni egalladi.

Dunyoda yetakchilardan hisoblangan ozbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari Hasanboy Dostmatov 49 kilogramm vazn toifasida yarim final yollanmasini naqd qildi.

Elshod Rasulov bir qancha nomdor raqiblarni dogda qoldirib, keyingi bosqichga yollanma oldi.

Talabalar sport jamoalari ishtirokidagi ushbu musobaqalar 17 iyulgacha davom etadi.

15 iyul 2013 yil, O`qilgan:8243

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Butun jahon Universiada sport musobaqasiga yollanmasi qo`lga kiritildi



  • Pedagogikadan savol

    Tarbiyachi pozitsiyasiga nimalar kiradi?

    Javob: Jamoaning shaxsga ta`sirini ta`minlay bilish

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar









Bizning loyihalar