library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

31 mart 2016 yil, 2,234
.

Deputatlar bilan uchrashuv.

2016 yilning 31 mart kuni universitetimizning 3-anjumanlar zalida Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati R.H.Karimov va O‘zbekiston “Adolat” Sotsial demoktarik partiyasi Yakkasaroy tumani kengashi raisi M.M.Mirzaraimovlar ishtirokida Kasb talimi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida”, “Giyoxvandlik asr vabosi” mavzularida qiziqarli tadbir tashkil qilishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.X.Karimov tomonidan qilinayotgan ishlar va qonunlar bo‘yicha gapirib talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Tadbirda universitet ma’navit-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Q.Mo‘ydinov, Kasb ta’limi fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari qatnashdilar.Tadbirni deputatlardan R.X.Karimov,M.M.Mirzaraximov so‘zga chiqib, Qonunchilik palatasini chiqarayotgan qonunlari,va ularni ijrosi haqida gapirdilar.Shu bilan birga “Giyoxvandlik asr vabosi” mavzusida gapirib o‘tishdi. Manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Q.Mo‘ydinov, Kasb talimi fakulteti manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari B.Yuldashev, R.Jabbarovlar so‘zga chiqib yurtimizda yoshlarga bo‘layotgan e’tibor va sharoitlar hamda yoshlarning yutuqlari to‘g‘risida fikr bildirdilar. Tadbirda talabalar tomonidan berilgan savollarga munosib javob berildi.. Tadbir ko‘tarinki ruhda, munozaraga boy tarzda o‘tdi.

31 mart 2016 yil, O`qilgan:2234



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar