library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

4 aprel 2016 yil, 1,807
.

“Ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashning pedagogik va psixologik asoslari”

2016 yil 29 mart kuni Pedagogika va psixologiya fakultetida iqtidorli talabalarning “Ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashning pedagogik va psixologik asoslari” nomli ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

1-sho‘ba: Ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishning pedagogik psixologik o‘ziga xosliklari.

2-sho‘ba. Ta’lim jarayoniga innovatsion yondoshuvlar.

3-sho‘ba. Amaliy psixologik faoliyat: muammo va yechimlari sho‘balariga fakultet talabalarining 87 nafar maqolalari yig‘ildi va to‘plam sifatida nashr ettirildi.

Bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy konferensiyada pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3 kurs talabalaridan Mirvosilova D. «O‘quvchilarning bilish faolligini oshirishda yarim sharlar asimmetriyasining ahamiyati», Kuchkarova A. «Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv motivlarining psixologik xususiyatlari» maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Allaxverdieva E. «Informatsionnыe i kommunikatsionnыe texnologii kak faktor razvitiya matematicheskogo obrazovaniya sovremennoy molodyoji» mavzusida, 1-kurs talabalari Hamraeva N “Person who is mature takes the shape of behaving diligent”, Eshmurodova M “Cooperation and the preparation of children to sshool” mavzusida, Psixolog. Psixolog konsultant ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Xalilov F. “Amaliy psixologiya sohasida psixogigiena va psixoprofilaktikaning o‘ziga xos tomonlari” mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Sho‘balardagi talabalar ma’ruzalari kafedralarda davom ettirildi.

Ilmiy-amaliy anjuman yakunida faol ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar. Fakultet talabalarida mazkur anjuman ijobiy taassurot qoldirdi.

4 aprel 2016 yil, O`qilgan:1807



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar