|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      




“Umumiy pedagogika” kafedrasi

“Umumiy pedagogika” kafedrasi 1935 yilda tashkil etilgan.

“Umumiy pedagogika” kafedrasi bo’yicha asosiy shtatda o’ttiz to’rt nafar, o’rindoshlik asosida o’n nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Asosiy shtatda to’rt nafar pedagogika fanlari doktori, professor; bir nafar pedagogika fanlari doktori; bir nafar pedagogika fanlari nomzodi, professor; besh nafar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; to’rt nafar pedagogika fanlari nomzodi, bir nafar universitet dotsenti, o’n sakkiz nafar katta o’qituvchi va o’qituvchilar faoliyat ko’rsatishadi. Kafedraning 2013-2014 o’quv yilidagi ilmiy salohiyati 44 %ni tashkil etadi.

“Umumiy pedagogika” kafedrasi bo’yicha 2013 yilda 2 ta monografiya, 2 ta o’quv qo’llanma, 1ta xorijiy ilmiy maqola nashr ettirilgan.

Monografiya:

1. Mardonov Sh.Q., Xodjayev B.X., Almamatov T.A. O'qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli yo'nalishlari - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti 2013.

2. Qilicheva K.Yu. Tasavvuf ta’limoti vositasida talabalar ma’naviyatini shakllantirish. – T.: Fan, 2013.

O’quv qo’llanmalar:

1. Mardonov Sh.Q., Xodjaev B.X., Taylanova Sh.Z., Xojimuxamedova D.

Pedagogik aksiologiya. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013.

2. Kaldibekova A.S. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. I qism. – T.: TDPU, 20133.

Xorijiy maqolalar:

1. Qilicheva K.Yu. Voprosi semeynogo vospitaniya v nasledii Shayxa Xovanda Toxura. // J. Voprosi gumanitarnix nauk. – M., 2013. - ¹4 – S.56-58.

“Umumiy pedagogika” kafedrasi Nizomiy nomidagi TDPUning “Pedagogika” kafedrasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda 2013 yilning 29 martida “Yoshlarni oilaparvar, ota-onalikka tayyorlashda oilaning roli” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanini o’tkazgan.

“Umumiy pedagogika” kafedrasida ilmiy seminar faoliyati samarali tashkil etilgan. Har oyning ikkinchi haftasida ilmiy seminar yig’ilishi bo’lib o’tadi. Ilmiy seminarda kafedra professor-o’qituvchilari o’zlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini va ilmiy sohadagi yangiliklar bilan hamkasblarini tanishtirib borishadi.

Kafedra professor-o’qituvchilaridan 28 nafari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan bo’lib, to’rt nafari (B.X.Xodjaev, A.Xoliqov, S.Nishonova, S.Umarov)ning doktorlik dissertatsiyalari yozib tugallangan. Bundan tashqari o’n nafarining doktorlik dissertatsiyalari mavzulari Fan va texnologiyalar qo’mitasining mavzular bazasida e’lon qilinganligi sababli mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilgan.

Kafedrada iqtidorli talabalar ishlash tizimli yo’lga qo’yilgan bo’lib, kafedrada faoliyat yuritayotgan “Yosh pedagog” to’garagi negizida ularni tanlovlar, olimpiadalardagi ishtiroki ta’minlanmoqda. To’garakda ishtirok etayotgan o’n nafar talaba ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini bitiruv malakaviy ishlariga aylantirishdi. Jumladan, qozoq tili va adabiyoti yo’nalishi 4 kurs talabalari Sotbarov Otabek va Axmedov Tursunalilar professor A.S.Kaldibekova rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlarini bitiruv malakaviy ishi sifatida davom ettirishmoqda.

“Umumiy pedagogika” kafedrasi 1-Toshkent pedagogika kolleji bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan bo’lib, mazkur kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda har o’quv yilida “Ta’lim tizimida hamkorlik: asosiy vazifa va yo’nalishlar” mavzusi doirasida o’quv seminarlarini tashkil etib kelmoqda. Shuningdek, har o’quv yilining mart-aprel’ oylarida kafedra professor-o’qituvchilarining 1-Toshkent pedagogika kollejida namunaviy ochiq darslari o’tkazib kelinadi.

“Umumiy pedagogika” kafedrasining “TEMPUS” loyihasi doirasida Evropaning nufuzli universitetlari, shuningdek, Janubiy Qozog’iston davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari mavjud.

“Umumiy pedagogika” kafedrasi bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotining “Pedagogika” yo’nalishi uchun mas’ul hisoblanadi. Pedagogik amaliyot kafedra yig’ilishida tasdiqlangan reja asosida tashkil etiladi. Pedagogik amaliyotning dastlabki haftasida fakul’tetlarda amaliyot oldi anjumani tashkil etiladi. Malakaviy pedagogik amaliyot jarayonida kafedra professor-o’qituvchilari talabalarning guruh jamoasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini o’rganishlari; tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishlari; ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib namunali darslar o’tishlari; bir o’quvchiga hamda guruhga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozishlariga doir faoliyatlariga rahbarlik qilishadi.

16 iyul 2013 yil, O`qilgan:9676

Kafedra yangiliklari

19 yanvar

“Qonun ustuvorligi bosh maqsadimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi

22 dekabr 2016 yil

Nizomiy nomidagi TDPU «Umumiy pedagogika» kafedrasi va Ichki ishlar Akademiyasi bilan hamkorlikda 2016 yil 20 dekabr kuni “Qonun ustuvorligi bosh maqsadimiz” mavzusida tadbir o'tkazildi.

“Bobur shoh va shoir” mavzusida tadbir o'tkazildi.

22 fevral 2017 yil

2017 yil 20 fevral kuni soat 15.30da 10 - TTJda Boburxonlik oyligi munosabati bilan “Bobur shoh va shoir” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Pedagogikadan savol

    Pedagogika sohasida qo`llaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari.

    Javob: Kuzatish, taqqoslash, analogiya, induktsiya, deduktsiya, analiz, sintez, abstraktsiya, umumlashtirish

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar