Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Bitiruvchilarining malakaviy ishi bo’yicha dastlabki himoyasi tashkil etildi

2016 yil 20 aprel kuni “Musiqa ta’limi” yo’nalishi bitiruvchilarining malakaviy ishi bo’yicha dastlabki himoyalar o’tkazildi. 2016-2017 o’quv yili bo’yicha jami 66 nafar bitiruvchidan 36 nafari BMI himoya qilish rejalashtirilgan bo’lib, shu kuni 28 nafar talabaning BMI to’liq yakunlanib, muqovalanganligi aniqlandi.

Dastlabki himoya vaqtida har bir talaba ilmiy rahbari bilan birgalikda bitiruv ishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, diplom ishining mundarijasi, kirish va asosiy qismi (boblar)ning mazmuni, tajriba-sinov natijalari, boblarning mazmuni, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, xulosa va takliflar xususida batafsil ma’lumot berdilar.

Shular bilan birga bitiruv malakaviy ishi hali to’liq tayyor bo’lmagan talabalar hamda ularning ilmiy rahbarlari bilan ochiq muloqat o’tkazilib, diplom ishi bo’yicha muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimlari xususida fikr-mulohazalar almashildi. Bitiruv malakaviy ishini shu kungacha ulgurmagan talabalar joriy yilning 1 mayiga qadar to’liq tugatish xususida kelishilib olindi.

22 aprel 2016 yil, O`qilgan:1679

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    O`qitish usuli nima?

    Javob: O`qitish usuli – o`qitish metodini amalga oshirish jarayonida o`qituvchi va o`quvchining o`zaro hamkorlikda bajaradigan operatsiya

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ