|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Akademik litsey bitiruvchi kurs o’quvchilari bilan uchrashuv

2016 yil 20 aprel kuni Boshlang’ich ta’lim va jismoniy fakultetining “Musiqiy ta’lim” va “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professor o’qituvchilari professor M.Jumaev, N.Hamraev, hamda kafedra mudiri Q.Panjiev, dotsent D.Qodirov, jo’rnavoz S.Abduroziqovlar universitet qoshidagi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti qoshidagi 1- sonli akademik litseyida bitiruvchi kurs o’quvchilari bilan oliy ta’lim muassasalariga o’qishga yo’llash bo’yicha ijodiy uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvni professor M.Jumaev boshqarib bordi. Mazkur uchrashuv har jihatdan o’zgacha, noan’anaviy tusda, ko’tarinkilik ruhda tashkil etildi. Dastlab professor M.Xamraev o’quvchilarga boshlaang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha universitetga xujjat topshirib, o’qishga kirish bo’yicha “O’zbek tili” fanidan test sinvlariga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli fikr-mulohazalarni bildirib o’tdi. sho’ng “Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri Q.Panjiev va dotsentlar D.Qodirov, M.Ilxomov, Sh.Raximovlar “Musiqa ta’limi”ga o’qishda qanday tayyorgarlik bo’lishi kerakligi xususida ma’lumot berdilar.

Shundan so’ng savol-javobga o’tildi. Uchrashuvni boshqarib borgan M.Jumaev taklifiga ko’ra, eng yaxshi savol berganlarga professor M.Hamraev tomonidan “ona tili” fanidan yaratilgan va nashr etilgan “Abiturient-2014” test savollari to’plami va boshqa shu kabi o’quv adabiyotlari bilan taqdirlandilar.

Uchrashuv so’ngida “Musiqiy ta’lim” kafedrasi dotsent D.Qodirov musiqaga iqtidori bor bo’lgan o’quvchilar bilan birgalikda “Munojot”, “Do’stlar bir dilbariy jonu jahonim bor mani” deb nomlangan qo’shiqlarni birgalikda kuyladilar. Uchrashuv juda qiziqarli va mazmunli o’tdi.

23 aprel 2016 yil, O`qilgan:1466

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    O`qitish jarayonida nazoratning rivojlantiruvchi funktsiyasini toping.

    Javob: O`z-o`zini nazorat qilish va baholash

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-28 11:15:38