library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

“Suv omborlar, ularning qurilish sabablari va iqtisodiyotdagi ahamiyati”

27 aprel 2016 yil, 3,061
.

Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti “Geografiya o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi, p.f.n. U.H.Safarovning 25.04.2016 yil 2-juftlikda “Geografiya o’qitish metodikasi” ta`lim yo`nalishining 1-kurs 101-guruh talabalariga “Umumiy gidrologiya” fanidan “Suv omborlar, ularning qurilish sabablari va iqtisodiyotdagi ahamiyati” mavzusida universitet miqyosidagi ochiq darsi o’tkazildi.

Darsda tashqi ekspert sifatida O’z.MU “Geografiya” kafedrasi dotsenti, g.f.n. M. Egamberdiyeva, “Geografiya o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri dotsent, g.f.n N.R.Alimqulov, kafedra ichki eksperti sifatida dotsentlar A.Xadjimatov, I.Abdullaev, N.Safarova va kafedraning boshqa professor-o’qituvchilari qatnashishdi.

Dars mazmundor, ilmiy jihatdan talablarga mos tarzda olib borildi. Dars mavzuga oid ko`rgazmali qurollar (karta, tarqatma materiallar, atlas va boshqa jihozlar) bilan boyitildi. Darsning tashkiliy qismi o’tkazilib, o’tilgan dars blits-so’rov va krossvord asosida qisqa vaqt ichida so’ralib, talabalarning darsni o’zlashtirish darajasi aniqlandi va yangi mavzu slayd asosida AKTdan to`liq foydalanilgan holda olib borildi. Dars jarayonida tayanch so’zlar, mustahkamlovchi savollar keltirilib talabalarga mustaqil ta’lim olishi uchun uy topshiriqlari berildi.

27 aprel 2016 yil, O`qilgan :3061



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar