library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

29 aprel 2016 yil, 4,615
.

“Kasbim-mening faxrim”

Nizomiy nomidagi TDPU “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan TDPU qoshidagi Angren akademik litseyida hamkorlik doirasida kasbga yo‘naltirish ishlari olib borildi.

2016 yilning 27 aprel kuni “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ps.f.n., dotsent N.I.Xalilova, katta o‘qituvchi N.Z.Ismoilova, o‘qituvchi N.B.Atabaeva va “Umumiy psixologiya” kafedrasi katta ilmiy hodim izlanuvachisi D.B.Norqo‘zievlar TDPU qoshidagi Angren akademik litseyga “Kasbim-mening faxrim” mavzusida kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish maqsadida tashrif uyushtirildi. Tadbir ikki qismda tashkil etildi. Birinchi qismda ps.f.n., dotsent N.I.Xalilova, N.Z.Ismoilova, N.B.Atabaeva D.B.Norqo‘zievlar o‘quvchilar guruhi bilan proforentatsion ishlarni olib bordilar. Proforetatsion ishlar kasbiy psixodiagnostika, kasbiy targ‘ibot va proforentatsion treningni o‘z ichiga qamrab oldi.

Tadbirning ikkinchi qismida akademik litsey pedagoglari uchun kafedra katta o‘qituvchisi N.Z.Ismoilova tomonidan “Pedagoglarda stressga barqarorlikni shakllantirish” mavzusida trening mashg‘uloti tashkil etildi. Trening mashg‘uloti davomida pedagoglarda shaxslararo munosabatlarda hamda kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan stresslar hamda ularni bartaraf etishning psixologik jihatlari yuzasidan amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.

29 aprel 2016 yil, O`qilgan:4615



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

AL va KHK bilan xamkorlik