Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Umumta'lim fanlari bo'yicha o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Sog'lom ona va bola yili" Davlat dasturining 62-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Umumta'lim fanlari bo'yicha o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan davlat ta'lim standartlari loyihalarining yakuniy taqdimotini o'tkazish uchun fanlar bo'yicha ijodiy guruhlarning yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.






Ikkinchi ish kunida Biologiya, Ma'naviyat asoslari, Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, Davlat va huquq asoslari, Huquqshunoslik, O'zbekiston Konstitutsiyasi, Tarix, Iqtisodiy bilim asoslari, Ona tili, O'zbek tili, Adabiyot, Rus tili va adabiyoti (rus), Rus tili (milliy), Mehnat ta'limi, Oila psixologiyasi, Falsafiy fanlar (Estetika, Dinshunoslik, Shaxs va jamiyat) umumta'lim fanlaridan o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan davlat ta'lim standartlari loyihalarining yakuniy taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda Respublika muvofiqlashtiruvchi guruh vakillari hamda ekspertlar ishtirok etdilar. Taqdimot jarayonida bahs-munozaralar va savol-javoblarga boy bo'lishi bilan birga yangi g'oyalar va takliflar kiritilishiga sharoit yaratildi.

29 aprel 2017 yil, 2,747
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)