library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

"Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va bandligiga ko‘maklashish komissiyasi"ning yalpimajlisi

29 aprel 2016 yil, 2,010
.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorining"2015/2016 o‘quv yilida universitet bitiruvchilarini ishga taqsimlash va joylashtirishni ta’minlash to‘g‘risida"gi 203-Usonli buyrug‘iga binoan 29 aprel kuni soat 11.00da universitetimizning 5-ma’ruzalarzalida"Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va bandligiga ko‘maklashish komissiyasi"ning yalpimajlisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi rahbar va pedagogik kadrlarni tanlash, ular bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i J.M.Tursagatov, Xalq ta’limi vazirligi pedagog kadrlarni tayyorlash ularning malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A.R.Tagaev, Toshkent shahar halq ta’limi boshqarmasi xodimlar bo‘limi boshlig‘i B.A.Xo‘jaqulov, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar jahon hamjamiyati tomonidan alohida e’tirof etilayotgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlardan iborat Milliy modelimizning real amaliy tatbig‘ini ta’minlashga hukumatimiz alohida e’tibor qaratyotgani hamda integratsion jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanib borayotgan O‘zbekiston Respublikasida jahon andoza oladigan oliy ta’lim muassasasida talabalarni davlat byudjeti asosida maqsadli tayyorlash, kelgusida ularni ish bilan ta’minlash masalasiga ham katta ahamiyat qaratib kelinmoqdaligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha tegishincha qarorlar qabul qilindi hamda universitet hayotida alohida yutuqlarga erishgan bitiruvchilarga yo‘llanmalarni tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va bandligiga ko‘maklashish komissiyasi bakalavr ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida o‘z faoliyatini 2016 yil 3 mayga qadar davom ettiradi!

29 aprel 2016 yil, O`qilgan :2010



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

O`quv ishlari