XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotining hududiy yarmarkasi o‘tkazildi

2016-yilning 27-aprel kuni Toshkent shahar “Ko‘rgazma savdo markazi” ko‘rgazma majmuasida Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotining Toshkent hududiy yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

2016-yilning 27-aprel kuni Toshkent shahar “Ko‘rgazma savdo markazi” ko‘rgazma majmuasida (Beruniy ko‘chasi,41) Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotining Toshkent hududiy yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbekiston Respubliikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 15 martdagi 87-03-676 sonli xatiga asosan «Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar IX hududiy yarmakasida”universitet professor-o‘qituvchilari, yosh olim va tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlamalari bilan faol ishtirok etib, diplomlar bilan taqdirlandilar.

Har yili muntazam ravishda o`tkazib kelinayotgan va fan hamda ishlab chiqarish o`rtasidagi kooperatsion aloqani ta’minlashning amaliy mexanizmiga aylanib ulgurgan Respublika innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi korxonalar hamda ilmiy tashkilotlar va oily ta’lim muassasalar orasida o`zaro manfaatli kooperatsion aloqalar o`rnatish imkonini yaratdi, bu esa o`z navbatida tegishli tarmoq va sohalarning innovatsion rivojlanishiga turtki bo`lmoqda.

30 aprel 2016 yil, 3,214
.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering